So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

INTERVYU. Humoyun Murtozaev "Turon"ga kelishi, urilmagan penaltilar, kelgusidagi maqsadlar va futboldagi kumiri haqida (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

INTERVYU. Humoyun Murtozaev "Turon"ga kelishi, urilmagan penaltilar, kelgusidagi maqsadlar va futboldagi kumiri haqida (Bekzod Tolibov blogi)

Barchangizga malum, "Mashal", "Nasaf" va "Bunyodkor" jamoalarining sobiq hujumchisi Humoyun Murtozaev 2021-yilgi mavsumning ikkinchi qismidan boshlab Yaypanning "Turon" klubi safida o'ynab keladi.

Faoliyati davomida turli davrlarni boshdan kechirgan Murtozaevning o'zbek futbolidagi shaxsiy kechinmalari, bosib o'tgan tarixi bor. Quyida keltirilayotgan intervyu orqali sarlavhada keltirilgan masalalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin.

- Dastlabki savol Humoyun Murtozaevning "Turon"ga kelib qo'shilishi haqida. Aytingchi, bu jarayon qanday yuz bergan?

- O'shanda 2021-yilgi mavsum edi. Yaypanda "Turon" nomi ostida xususiy klub tashkil etilgani haqida bilardim. Klub haqida matbuotda faqat yaxshi gaplar aytilayotgandi. Jamoa selekcionerlari meni avvaldan kuzatib yurishgan ekan. Kunlardan bir kun klub rahbariyati vakili Isroil aka Dadajonov menga qo'ng'iroq qilib, jamoaga taklif etdi. SHundan so'ng bu boradagi barcha kelishuvlar amalga oshdi va mavsumning ikkinchi qismidan boshlab "Turon" safiga qo'shildim.

- Jamoadagi faoliyatingiz davomida turlicha davrlarni boshdan kechirdingiz. Qaysidir qismi yorqin o'tdi, yana qaysidir davrlarda pasayish kuzatildi. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz?

- "Turon"ga dastlab kelib qo'shilganimda adaptaciya jarayoni sabab jamoaga moslashib ketishda bir oz qiynaldim. O'sha mavsum biz uchun omadsiz chiqdi, klub Superligadan Pro-ligaga tushib ketdi. Allohga shukr, biz bir mavsumdayoq Superligaga qaytdik. O'zim ham sezib turibman, joriy mavsumning ortda qolgan qismida muxlislar mendan kutgan o'yinni ko'rsatib bera olmadim. Maqsadim jiddiy, astoydil ishlayapman, nasib bo'lsa mavsumning qolgan qismidan ketma-ket gollar kiritib, "Turon" g'alabalariga o'z hissamni qo'shmoqchiman.

- "Turon"da 2 bor penaltidan gol ura olmagan vaziyatingiz bo'ldi. Biri "Buxoro"ga qarshi o'yinda, keyingisi "Paxtakor"ga qarshi bahsda. O'zi umuman siz penaltilarda qanchalik omadlisiz?

- "Turon"da penaltilarni bir necha bor aniq amalga oshirganman. SHu ikki o'yinda darvozani ishg'ol qila olmadim, bu rost. Bunga sabab sifatida darvozabonlar mahoratini ko'rsatish mumkin. Penaltilarda omadsiz emasman, bunday holat har qanday futbolchida yuz berishi mumkin. O'sha o'yinlarni yutsak bo'lardi deb o'ylayman. Biz jamoamiz bilan mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmagandik.

- "Turon"da siz qo'l ostida o'ynagan qaysi murabbiyni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Jamoada ishlagan har bir murabbiy qo'l ostida o'zimni erkin his qilganman. Ularning barchasi menga ishonib maydonga tushirgan va shu ishonchni oqlash uchun harakat qilganman.

- Humoyun Murtozaevda kelgusida legionerga aylanish maqsadi bormi?

- Hozir faqat "Turon" g'alabalariga o'z hissamni qo'shish haqida o'ylayapman. Vaqti kelganida legioner sifatida o'zimni sinab ko'rish maqsadim bor albatta.

- Futbolchilik faoliyatingizni yakunlagandan keyin murabbiy sifatida ishlash rejasichi?

- Bunaqa rejam ham bor. Futbolchilik faoliyatimni tugatganimdan so'ng ham futboldan uzoqlashmoqchi emasman. Murabbiy sifatida ham o'zimni sinab ko'rmoqchiman.

- Humoyun Murtozaevning xorij va o'zbek futbolidagi kumiri kim yoki kimlar?

- Futbolga akam orqali kirib kelganman. Ko'pchilik bilsa kerak, akam Bahodir Murtozaev o'sha vaqtda "Nasaf"da o'ynar edilar. Men aynan akamning o'yinlarini ko'rib futbolga qiziqishim ortgan. Xorij futbolida Ronaldo (Braziliya-tahr.) va Ronaldu (Portugaliya-tahr). Ularning har ikkisini o'yinlarini ko'p kuzatganman, o'rganishga, o'zlashtirishga harakat qilaman.

- "Turon"da o'ynagan legionerlar orasidan qaysi biri sizda yaxshi taasurot qoldirdi?

- Jamoada o'ynagan har bir legioner yaxshi saviyada edi. Ularning har biri bilan qadrdon bo'lganmiz. Bu borada alohida ajratib ko'rsatadigan nomzodim yo'q.

- "Turon" muxlislari sizni yaxshi ko'rishadi. Ularga qanday tilaklar va qo'shimcha fikrlar bor?

- "Turon" muxlislari jamoamizni muntazam qo'llab-quvvatlab kelishadi. Biz, barcha futbolchilarning ham ularga bo'lgan hurmati va etibori cheksiz. Afsus, mavsumning ortda qolgan qismida biz ular kutgan g'alabalarni taqdim eta olmadik. Hozir jamoadagi har bir futbolchining maqsadi faqat va faqat g'alabaga erishib, jamoa muxlislarini xursand qilishga qaratilgan. Baxtimizga muxlislarimiz hamisha sog'-salomat bo'lishsin, biz ularni alohida qadrlaymiz.


Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика