So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Intervyu. G'olib G'aybullaev: "Jamoada qolishim aniq. Jiddiy vazifalarga esa tayyormiz" Yangiliklar

Intervyu. G'olib G'aybullaev: "Jamoada qolishim aniq. Jiddiy vazifalarga esa tayyormiz"

Mavsum yakunlariga bag'ishlangan intervyularni etiboringizga havola qilishda davom etamiz.

Sir emaski, Qarshining "Nasaf" jamoasi joriy mavsumni ko'tarinki ruhda yakunladi. Finalda "Paxtakor"dan ustun kelgan  "ajdarlar" bosh sovringa ega chiqdi. Mazkur uchrashuvda g'alabaga goliga markaziy himoyachi G'olib G'aybullaev mualliflik qildi. Mazkur uchrashuv qaxramoni saytimiz muxbiriga bergan intervyusida kubok o'yini va keyingi rejalari haqida aytib o'tdi. 

- "Nasaf" uchun finalda O'zbekiston kubogi g'olibligini olib bergan muhim golni urdingiz. O'sha onlarda ichingizdan qanday hissiyotlar o'tdi? 

- Har qanday uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol qilish yoqimli hislarni taqdim qiladi. Ayniqsa finalda, masuliyatli o'yinda to'p kiritish ikki karra zavq beradi. O'sha onlarda xursandchiligimning cheki yo'q edi. 

- Mamlakat kubogi bahslarida ketma-ket ikki o'yinda bir kishi kam bo'la turib yakunda g'alaba qozonib ketilishi barchani o'ylantirib qo'ydi. Buning qandaydir jumboqli tomoni yoki siri bormi? Odatda chetlatishdan so'ng ustunlik raqib tomoniga o'tadi. "Nasaf"da esa buning aksini ko'rdik...

- Yarim final va final uchrashuvlarida haqiqiy iroda ko'rsata oldik, deb o'ylayman. Menimcha bunday hech kim bunday reja bilan tushmaydi. CHunki qizil kartochka olish yoki olmaslikni oldindan bilish qiyin. O'yindagi jarayondan kelib chiqib taktika o'zgartiriladi. Murabbiyimiz bunday pallada extiyotkor bo'lib o'ynashimizni takidladilar. 

- Jamoada mavsum so'nggiga kelib markaziy himoyada muammolar paydo bo'la boshladi. Husniddin Aliqulov safdan chiqdi. Mana shunday qiyin vaziyatda mudofaa chizig'idagi masuliyat siz va Umarbek Eshmurodovning bo'yniga tushdi. Aliqulovning o'rnini bilintirmaslik qiyin kechmadimi?

- Nafaqat himoyadagi balki mavsum davomidagi har bir yo'qotish qimmatga tushdi. Bilasiz zaxiramiz boshqa jamoalar singari keng emas. Lekin uddasidan chiqa oldik, deya olaman. 

- O'zbekiston kubogi "Nasaf"ning mavsum davomida qilgan harakatlariga yarasha berilgan bahomi? Yoki bu sovrin joriy yil uchun kam, deb hisoblaysizmi? CHunki Superkubok, OFK kubogi va chempionatda sovrindorlar qatoriga kirishga yaqin edinglar...

- Yo'q, deyagan bo'lardim. Superligani yaxshi o'rinlarda yakunlashimiz mumkin edi. OFK kubogi esa biz uchun haqiqiy tajriba maktabi vazifasini o'tab berdi. 

- Ayni paytda jamoada kayfiyat qanday? Finaldagi g'alaba uchun mukofot pullari berildimi, bu narsa kayfiyatga tasir qilmayaptimi?

- Jamoada kayfiyat har doim yaxshi bo'lgan. Qarzdorliklar esa bartaraf etilmoqda. 

- Har doim mavsum so'ngida jamoa futbolchilariga turli chorlovlar kelib tushadi. SHunday ekan  G'olib G'aybullaevni yangi mavsumda ham "Nasaf"da ko'ramizmi?

- Ha, "Nasaf"da qolishim aniq. Hozircha boshqa variantlarni o'ylamayapman. 

- Keyingi mavsumda jamoa oldiga anik maqsad qo'yilishi mumkin. "Nasaf" futbolchilari har yili bosimsiz, erkin o'ynashadi.  Natija esa oxirida bilinadi. Mavsum boshidan jiddiy vazifalar qo'yilishiga qanday qaraysiz?

- Menimcha o'tgan vaqt mobaynida jamoa sifatida ancha o'sishga erishdik. Xalqaro maydonda tajriba to'pladik. O'ylaymanki, jiddiy vazifalarga tayyormiz. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi




Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика