So’nggi yangiliklar

08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  0 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  1 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  1 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  46 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  24 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  8 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0

Intervyu. Dilshod Nuraliev: “Bolalar futbolida natija va sifatning pasayishiga biz murabbiylar aybdormiz” Yangiliklar

Intervyu. Dilshod Nuraliev: “Bolalar futbolida natija va sifatning pasayishiga biz murabbiylar aybdormiz”

Bugungi kunda o'zbek futbolida islohotlarga muhtoj, muammoli masalalar asta-sekinlik bilan o'z echimini topmoqda.

Ayniqsa, bolalar va o'smirlar futbolida hal qilinishi lozim bo'lgan ishlar talaygina. Darhaqiqat, muntazam ravishda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgan o'smirlar terma jamoamizning xalqaro maydondagi natijalari biroz pasaygandek ko'ringandi.Bu esa, o'z navbatida, keyingi yosh toifadagi termalarga ham o'z tasirini o'tkazdi. Kelajakka zamin hozirlash va turli yoshdagi terma jamoalarimizni Osiyo va Jahon chempionatlaridagi ishtirokini muntazam ravishda taminlash maqsadida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Biz yaqinda shu va boshqa mavzular yuzasidan Odil Ahmedov futbol akademiyasida faoliyat olib borish bilan bir qatorda, “Lokomotiv” futbol maktabi direktori sifatida ish olib borayotgan Dilshod Nuraliev bilan suhbatlashdik.

- Murabbiylik faoliyatingizni boshlaganingizga chamasi yigirma yilcha bo'lib qoldi. O'tgan yillar sizni qay darajada o'zgartirdi. Dilshod Nuraliev kecha qanday edi, bugun qanday? Futbol ham bir joyda turmayapti. Soniyasiga yangilik, o'zgarish yuz bermoqda...
- Darhaqiqat futbol hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanib bormoqda. O'yinni tashkil qilish, taktik sxemalarda yangiliklar ko'paymoqda. Biz ham qo'ldan kelgancha yangiliklardan xabardor bo'lib turibmiz. Ijtimoyi tarmoqlar orqali, kuchli jamoalarning o'yinlarini tahlil qilish orqali bilimlarimizni oshirib boryapmiz. Mana yaqinda “Odil Junior” akademiyasiga italiyalik mutaxassis tashrif buyurdi. U bilan gaplashdik, seminar va mashg'ulotlarida qatnashdik. Futbol joyda turmayapti. Ishlashimiz kerak, mehnat qilishimiz lozim. Savolingizga kelsak terma jamoalarda ishlagan paytimda juda ko'p xorijga chiqishga to'g'ri kelardi. Kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilardi. Bundan ko'p narsa o'zlashtirsa bo'lardi. Ispaniya, Avstriya, Polsha kabi terma jamoalar bilan o'yinlar katta dars sanalardi. Garchi hozirda terma jamoada ishlamasamda, turli FIFA seminarlarida qatnashdim. Islom Ahmedov boshchilik qilgan kurslarida tahsil oldim. PRO licenziyani yangiladim. Yangiliklardan voqif bo'lib turmasak bo'lmaydi. Bilasiz so'ngi yillarda o'smirlar va yoshlar terma jamoalarimizning natijalari yaxshi emas. Vaziyatni o'nglash biz murabbiylarning vazifasi.

- Bolalar, o'smirlar, yoshlar futboliga etibor hamisha qaratib kelingan. Bu haqida ko'p gapirilgan. Biroq, so'ngi yillarda ko'rdikki turli yoshdagi terma jamoalarimizning xalqaro maydondagi darajasi tushib ketdi. O'smirlar terma jamoamiz so'ngi bor 2012 yil Eronda o'tkazilgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mundial yo'llanmasiga ega chiqqandi. Biroq, yildan yilga mahsuldorlik tushib bordi. Orada biz uchta avlodni boy berdik. Bu holat nima bilan bog'liq? Ish noto'g'ri yo'lga qo'yilganidanmi yoki...
- Biroz ortga qaytmoqchiman. Ko'p ishqibozlar bilishsa kerak, men birinchi bor 2001 yil 1986 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat o'smirlar terma jamoasini qabul qilib olganman. Keyin ular bilan yoshlar terma jamoasida birga ishlaganmiz. 2002 yil BAA da o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yurtimiz tarixida ilk bor ishtirok etganmiz. O'shanda jahon chempionatiga uchta jamoa chiqardi. Afsuski biz to'rtinchi o'rinni olganmiz. Jamoada juda kuchli futbolchilar bor edi. Farhod Tojiev, Vitaliy Denisov... Ahmadjon aka Musaev bilan birga murabbiylik qilganmiz. Deyarli hammasi katta futbolda o'rnini topdi. Ertalabdan kechgacha ishlardik. Boisi raqobat juda kuchli edi. Ulardan keyin 1996 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan ishladik. Natija hammagan malum. Bularning hammasini qilingan mehnatlar samarasi, murabbiyning shogirdlariga bergan mehri deb bilaman. Yana bir narsani takidlashni istardim, juda katta hajmdagi selekciya ishlarini bajardik. Butun respublika terma jamoalarini, hududiy futbol maktablarini, BO'SM, futbol akademiyalaridan futbolchilarni yig'ib saralab oldik.

Bilsangiz, o'sha davrlarda men juda ko'p xorijga chiqib seminar va kurslarda o'qib kelardim. Angliya, Germaniya, Ispaniya davlatlarida kuchli mutahassislar qo'l ostida bilim va malakamni oshirardim. O'zim uchun katta maktab bo'ldi. Hozir shunday kurslar tashkil etilyaptimi, yo'qmi bilmadim. Natijalarimizni pasayganiga biz murabbiylarning saviyasini tushib ketgani, o'z ustimizda ishlamay qo'yganimiz sabab bo'ldi. Futbolchilar tug'ilaveradi, maktablar ko'paymoqda. Ammo, biz bolalar murabbiylarining darajasi ortda qolmoqda.



- Aynan selekciya natijasida iqtidori namoyon bo'lgan futbolchilar sifatida kimlarni aytgan bo'lardingiz?
- Terma jamoada to'p tepgan futbolchilarning 70 foizi viloyatlarda tug'ilib o'sgan. Otabek SHukurov, Islombek Karimov, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov, Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov... Endi bilasizmi, garchi ular Osiyo chempioniligni qo'lga kiritishgan bo'lsada, futbolni darrov tamomlagani yo'q. Barchalari yashil maydonda hamon. Bu terma jamoa bosqichma bosqich shakllanib bordi. O'smirlar o'rtasida jahon chempionatida, yoshlar o'rtasidagi musobaqalarda, olimpiya terma jamoasi bilan oltin medallarga ega chiqishdi. Hattoki milliy terma jamoa darajasiga qadar ko'tarilishdi. Bu bizning to'g'ri ishlaganimizni, selekciyada xato qilmaganimizni ko'rsatdi.

- Biz yaqin-yaqingacha o'smirlar va yoshlar ishtirokidagi musobaqalarda, qita chempionatlarida raqiblardan o'zib keldik, kichik mundiallardagi ishtirokni ham yomon deb bo'lmaydi. Biroq, keyingi yillarda o'smirlar terma jamoasida yaxlit oila sifatida birlashgan jamoani keyingi yosh terma jamoalarida tanib bo'lmayapti. 1996 yillarda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoa bosqichma bosqich shakllandi. Biroq, keyingi yosh toifasidagilarda buning aksi kuzatildi. O'smirlar terma jamoasida boshqa uslubdagi murabbiy, yoshlar terma jamoasida boshqa uslubdagi inson. Yani barcha terma jamoalarni yagona uslub ostida birlashtirish kerak deb o'ylaymiz. Huddi xorij mamlakatlari singari...
- Meni o'ylashimcha o'smirlar bilan birga ishlaydigan alohida mutaxassis bo'lishi kerak. Masalan 17 yoshli futbolchilar bilan yaxshi natija ko'rsatdimi, unga imkoniyat berishda davom etishi darkor. Birinchi fundametni mustahkam qilgan holda o'smirlar terma jamoasini, yoshlar terma jamoasiga berish lozim. SHunda tarkibdagi 50-60 foiz futbolchi yoshlar terma jamoasida o'ynashi kerak. 1986 va 1996 yildagilar bu ish o'xshagan. Mendan keyin 2014 yil yoshlar terma jamoasini Ravshan Haydarov oldilar. SHunda ham tarkibni o'zagi saqlanib qolindi.

- Har safar xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda futbolchilarimiz xorijlik skautlar etiboriga tushadi. Akrom Komilovga, Jamshid Boltaboevga, Doston Hamdamovga bir qator Evropa klublari qiziqish bildirgan. Biroq klublar va turli sabablarga ko'ra yoshlarimizni chetga chiqshi qiyinlashadi. Bu bizning futboldagi eng katta xatolaridan biri emasmi?
- Mutahassis sifatida nima deyishim mumkin? Har bir futbolchining o'z jamoasi bor. Rahbariyat bor. Ayrim klublar juda katta moliyaviy talab qo'yishgan bo'lishi mumkin. Biror narsa deyishim qiyin. CHunki, uning boshida bo'lmaganman, ko'rmaganman. Lekin, xorijdan takliflar bo'lgani rost. Jamshid Boltaboev “Monako”ga borib kelgan, Otabek SHukurov Germaniyaga borib keldi. Doston Hamdamov ham ko'rikda bo'lib keldi. Ularni nima uchun klub qo'yib yubormaganini aytish vakolatimga kirmaydi. Agarda o'z vaqtida kuchdi klublarga qo'yib yuborilganida milliy terma jamoamiz uchun foyda bo'lardi. Faqat o'yin amaliyotiga ega bo'lsagina. O'ynamasdan zaxirada o'tirgandan ko'ra o'zimizda to'p tepgani afzalroq.

- 2002 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat o'smirlar terma jamoamiz 2017 yil Saudiya Arabistonida o'tkazilgan Osiyo chempionati saralash bosqichidan o'ta olmagandi. Natijada sizni boshqa terma jamoalarda ko'rmadik...
- “Paxtakor” klubida akademiyasida direktor bo'lib ishlab yurgan kezlarimda, 14-15 yoshli futbolchilar bilan ishlaydigan murabbiy ishdan ketgandi. Klub rahbarlari menga 2002 yildagi guruhni olishimni aytishdi. Bunga rozi bo'ldim. Boshqaruvimga olganimdan keyin 70 foizga jamoa o'zgardi. Ayrim futbolchilar jamoa talabiga javob bermasdi. Bir yil ichida o'z yosh toifamizda respublika chempioni bo'ldik. Ozginadan so'ng menga kechikkan holatda o'smirlar terma jamoasini berishdi. Bu paytda men olimpiya terma jamoasida Viktor Jalilovga yordamchi murabbiy sifatida ko'maklashayotgandim. Federaciya rahbarlari Samvel Babayanni olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlashdi. Meni u erdan Babayan haydagani yo'q. Birga ishlashni taklif qildi. Ofisga chaqirdi murabbiylar shtabiga milliy jamoadagi murabbiylarni o'tkazishini, istasam qolishimni aytdi. Vazifamni aytdi. Men doim mustaqil i shlab kelganman. O'zimni uslubim va qarashlarim bor. Bu narsa menga to'g'ri kelmasligini bilardim. Federaciya rahbarlari bilan uchrashganimda 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar terma jamoasini berishdi. Kechikib yig'ilgan terma jamoa hisoblanardi. Jamoani shakllantirishga qo'ldan kelgancha harakat qildim. Terma jamoa bazasi sifatida “Bunyodkor” tanlandi. Eng katta xatoimiz bir haftalik, o'n kunlik yig'in tashkil qilmadik. SHaroit to'g'ri kelmadi. Mazkur jamoani boshqarish og'ir o'tdi. Orada rahbariyatda katta o'zgarishlar bo'lib ketdi. SHanimga qarata keskin qattiq gaplar gapirildi. Hech qaysi murabbiy o'zini manfaatini o'ylab ish tutmaydi. Eng paskash murabbiy ham buni qilmaydi. Qo'limizdan kelgancha harakat qildik. Oldimizda yurgan murabbiylar, rahbarlar, mamurlar hamma ko'rdi. Boz ustiga hech qachon saralashda bunday guruhga tushmaganmiz. To'rtta teng kuchli terma jamoalar bir guruhdan joy oldi. Iordaniya, Bahrayn, Saudiya Arabistoni. Ketishdan oldin ham aytganman jamoa kuchsiz edi. Tayyorgarlik va o'quv yig'in mashg'ulotlari ham maromida bo'lmagan. Birinchi o'yinimizni Bahraynni yutdik, mezbon Saudiya Arabistoni Iordaniyaga mag'lub bo'ldi. Rejalarimiz o'zgarib ketdi. Iordaniyani yutishimiz kerak bo'lgan paytda durang o'ynadik. Oxirgi turda mag'lubiyatga uchradik. Kuchli jamoa bilan munosib o'yin namoyish etdik. Video tasvirlarni olib kelib federaciyaga topshirdim. 23 futbolchidan 22 nafari o'ynadi. O'sha davrdagi rahbariyat juda yomon qabul qildi. O'rtada umuman futbolga aloqasi bo'lmagan gaplar bo'lib o'tgan. Natija ko'rsatsang yaxshi, bo'lmasa yomon. Saudiyaliklar turnirni o'zida o'tkazsa-da chiqolmadi. Ruslan Roziev, Jasur Jaloliddinov shu jamoada harakat qilgandi.



- SHu kungacha birinchi o'ringa doim natija qo'yildi. Sifatga esa etibor qaratilmadi...
- To'g'ri ishlasangiz natija o'z o'zidan keladi. Siz tanimagan futbolchingiz ohir oqibat milliy terma jamoada o'ynashi lozim. To'g'ri, bolalar futbolida ayrim joylarda natija bo'lsa nur ustiga alo nur. Qo'l ostimda o'ynagan, 9-10 yoshidan bilgan shogirdlarimning ko'pi milliy terma jamoani etakchisiga aylandi.

- Ayni paytda bolalar futbolida vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirish maqsadida “Odil Junior” bilan hamkorlikda katta ishlar olib borilmoqda. Yaqin ikki-uch yildan so'ng yurtimizdagi bolalar va o'smirlar futbolini qanday ko'rinishda ko'rishimiz mumkin?
- Birinchi navbatda murabbiylarni o'qitish tizimini yo'lga qo'yishimiz zarur. Amaliyotga, malaka oshirishga yuborshimiz kerak. Boisi, biz yana qaytaraman o'z ustimizda ishlamay qo'ydik. Eng katta qiladigan ishimiz shu. Tajribali mutaxassisni olib kelib, uni yonida yosh murabbiylarimiz ish o'rgansa, malaka oshirsa, uni o'z jamoasida qo'llasa biz uchun katta yutuq hisoblanadi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика