So’nggi yangiliklar

12:13Расман: "Андижон" словениялик футболчи билан шартнома имзолади  1 11:49Тимур Кападзе Машарипов ва Ўруновнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 11:45"Гап пулда бўлса, ўша пулни мен сенга бераман"  2 11:27Даврон Файзиев: "Катанец ўрнига хорижий мураббий варианти ҳам кўриб чиқилди. Кападзе унинг ёрдамчиларини қолдиришга қарор қилди"  11 10:43Шесни ёки Пенья? Флик ўз танловини айтди  4 10:06Осиё кубоги олдидан сўнгги репетиция. Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Хитой клуби билан ўйнайди  4 09:51Микель Артета: "Ҳозир бу жуда оғриқли, лекин биз келажакка қарашимиз керак"  3 09:19 Неймар 12 йилдан сўнг "Сантос" таркибида майдонга тушди  2 08:48Расман: Сардор Қобулжонов янги мавсумда "Хоразм"да ўйнайди  1 08:15Клаудио Раньери: "Элдор Шомуродов муносиб ўйин кўрсатди"  9 07:35Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   74 03:10Италия кубоги. "Милан" "Рома"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди. Шомуродов бир тайм ўйнади  58 03:00"Ньюкасл" жавоб учрашувида ҳам "Арсенал"ни мағлубиятга учратиб, Лига кубоги финалига йўл олди!  8 03:00"Реал Мадрид" қўшиб берилган дақиқалардаги гол эвазига "Леганес"ни таслим этди ва Испания кубоги ярим финалига йўл олди!  34 00:50Goal нашри айни вақтда "Олтин тўп" соврини учун номзодлар рейтингини тузди  15

Intervyu. Diego Lopes: "Kasilyas bilan biror muammo bo'lmagan" Yangiliklar

Intervyu. Diego Lopes: "Kasilyas bilan biror muammo bo'lmagan"

Ayni paytda “Milan” safida o'ynayotgan Diego Lopes “Real”da o'tkazgan davri xususida “Marka” nashri muxbiri bilan suhbatda atroflicha to'xtaldi.


- Paradeladan Madridga kelishingiz qanday ro'y bergan?
- Lugoda joylashgan qishlog'ingdan yo'lni boshlash juda qiyin. Bu ko'p narsalardan voz kechish natijasida bo'lgan. Futbolchi bo'lishimga “Real” kanterasida paydo bo'lganimga qadar ishonmaganman. Qaerdanligim esa faoliyatimda menga katta yordam bergan, chunki qishloqdagi hayot menga xotirjam, mehnatsevar va ochiq inson bo'lishni o'rgatgan. Boshqa tarafdan ular o'zlariga ishonishmaydi. “Real” yoshlariga kelganimda men bilan darvozabonlar murabbiyi ishlashni boshlagan. O'shanda tengdoshlarimdan kuchsizroq ko'rinardim. Boshqalarga etib olish uchun ko'proq ishlashimga to'g'ri kelgan.

- Nima qiyinroq: “Real”ga kelishmi yoki ketish?
- Bir xil: “Real”ga tanlanganlar yo'l oladi, ketish esa ruhiy tomondan qiyin. jahondagi eng yaxshi klubni tark etayotganingni tushunasan. Ayniqsa, buni o'zgacha holat tufayli bajarishga to'g'ri kelsa, xuddi men kabi.

- Ketishingiz nima bilan bog'liq bo'lgan?
- Bu sport va sport bilan bog'liq bo'lmagan sabablar tufayli yuzaga keldi. Keylor Navas keldi, “Milan” esa yaxshi shartnoma taklif qildi. Qolishim mumkin edi, ammo ketishim kerakligini tushunish uchun ko'p aqlga ega bo'lmasa ham etarli bo'lgandi. Bir yil o'tgach, mavsumni yaxshi o'tkazgan bo'lsam ham xatoga yo'l qo'yganim to'g'risida o'ylay boshladim. SHubha yuzaga kelishi “Real” muxlisi ekanim va klubni asosiy darvozabon bo'lgan holatimda tark etganim bilan bog'liq edi. Yozda darvozabonlar to'g'risida ko'p gapirishgandi. Iker ketishni rejalashtirgandi. Mashg'ulotga kirishdim. Keylor keldi, Iker esa ketmadi. Meni chaqirib, birinchi jamoaga ikki darvozabon etarli bo'lishini aytishdi. So'ng barchasi tez ro'y berdi. “Milan” men va oilam uchun yaxshi variantga aylangandi.

- Kasilyas bilan munosabatlaringiz qanday kechdi?
- Iker bilan bir-birimizni 18 yoshdan beri bilamiz. 4 yilni elkama-elka o'tkazganmiz. Avval tushlik qilgani birga borardik. Vaqt o'tishi bilan vaziyat o'zgardi, lekin biz hurmatni saqlab qoldik. O'rtamizda biror marta kelishmovchilik yoki muammo kelib chiqmagan.

- Joze Mourino sizning foydangizga tanlov qildi.
- U jamoasida meni o'shandan ikki yil avval ko'rishni istagandi. Meni uzoq kuzatgandi va ishongandi.

- Mourino Alvaro Arbeloani do'sti deb hisoblashini takidlagan. Murabbiy va futbolchi o'rtasida bunday bo'lishi mumkinmi?
- Albatta. Mening ham murabbiylar orasida do'stlarim bor. Arbeloa Mourinoning do'sti bo'lishiga qaramay, doim ham o'ynamasdi. Murabbiyning uning jamoaga sodiqligi, to'g'ri, tartibli va mehnatsevarligini munosib baholardi.

- Jamoada kimlar do'stlaringiz edi?
- Menga hamma yordam bergan. Ayniqsa - Alvaro Arbeloa, Xabi Alonso, Anxel Di Mariya, Luka Modrich. “Real”da ko'plab do'stlarimni qoldirdim. Bir kun kelib, Madridda ishlashga qaytishni orzu qilishimni yashirmayman. Bunga tayyorman, “Real”ni bilaman va sevaman.

- “Real” darvozaboni qanday bo'lishi kerak?
- Birinchi navbatda u doimo o'sib boradigan inson bo'lishi, o'zini tutib tura oladigan va o'z o'yiniga ishonadigan bo'lishi darkor. Men darvozabonlarning boshqacharoq ekaniga ishonmayman, bizlar ham boshqalar kabi oddiymiz, dastlabki tuyulgan taassurotdan farqli ravishda.

- “Milan”ning o'yin uslubi qanday?
- Bu erda taktikaga katta etibor qaratishadi. O'yinning o'zi ancha sekin kechadi. Himoyachilar darvozaga yaqinroq joylashishadi va darvozabonning asosiy harakati darvoza oldida kechadi.



- Nega “Milan” chuqur inqirozda bunchalik ko'p qolib ketdi?
- Joriy mavsum hozirgi “Milan” uchun hal qiluvchi bo'lishi kerak. Bunday darajada ishlashga tayyor bo'lmagan Filippo Indzagi o'rniga Sinisha Mixaylovich kelgandi. Boshida yaxshi o'ynaydigandek edik, ammo rejalashtirilgan ancha kamroq ochko jamg'ardik.

- Kristan Brokki haqida nima deysiz?
- U – yosh murabbiy va jamoada yaxshi o'yinni yo'lga qo'yishni xohlaydi. Natijaga erishish uchun unda vaqt deyarli yo'q.

- Qanday qilib 17 yoshli Janluiji Donnarumma sizni asosiy tarkibdan siqib chiqardi?
- Birinchidan, menda jarohat bor edi. Ikkinchidan, Mixaylovich menga g'alati munosabatda bo'ldi. Bazida u menga ishonmayotgani va hurmatsizlik qilayotgani sezilib turardi. Janluijiga esa omad tilayman. Mening o'rnimda turishga arziydigan harakatlar qildi. “Milan” bilan yana ikki yillik shartnomam bor. To'g'risi, Angliyada o'ynashni xohlardim, biroq 34 yoshdaman va bunga ulgurishim qiyin.

- Terma jamoa o'yinlarini ko'rasizmi?
- Albatta, katta qiziqish bilan. Yana hech qachon “Real”ning o'yinlarini o'tkazib yubormayman va La Ligadagi vaziyatni kuzatib boraman.

- Ispaniya chempionati va CHempionlar ligasi qanday yakunlanadi?
- O'ylashimcha, “Barselona” chempionlikni qo'ldan chiqarmaydi. Milandagi finalda esa jamoalar imkoniyatini teng baholayman. Har ikki jamoa hozir yaxshi holatda.


Behzod NAZAROV tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика