So’nggi yangiliklar

08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  0 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  1 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  1 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  43 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  24 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  8 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0

Intervyu. Asror Aliqulov: “Vazifa bajarilgan bo'lsada, faoliyatimdan ko'nglim to'lmadi” Yangiliklar

Intervyu. Asror Aliqulov: “Vazifa bajarilgan bo'lsada, faoliyatimdan ko'nglim to'lmadi”

Muborakning “Mashal” jamoasini uzoq yillardan buyon boshqarib kelgan Aleksandr Xomyakov joriy yilning may oyida “gazchilar” bilan do'stona ravishda xayrlashgach, boshqaruv postiga Asror Aliqulov o'tkazilgandi.

Qashqadaryo futboli tarbiyalanuvchisi bo'lgan Asror CHorievich “Mashal” jamoasini qabul qilgach, jamoa oldiga qo'yilgan vazifa o'zgarmadi va murabbiy mustaqil ravishda “gazchilar”ni yana Superligaga qaytardi.

Murabbiylik faoliyatini boshlaganiga hali beri ko'p vaqt bo'lmasada, Aliqulov “Mashal” bilan PRO-Liga g'olibligini qo'lga kiritib, ko'pchilikni etiborini tortdi. Aytish lozimki, jamoada yo'lga qo'yilgan to'g'ri tizim ham qaysidir manoda Asror CHorievichning foydasiga xizmat qildi. Aliqulov bilan suhbatimiz chog'ida murabbiyning o'zi ham buni tasdiqladi.

- Asror CHorievich, odatda g'olib jamoa keng muhokama qilinmaydi. Boshqaruvingizdagi “Mashal” jamoasi PRO-Ligada finishga birinchi bo'lib etib keldi. Tabiiyki bu yutuq klub rahbariyati va sodiq muxlislarini quvontirgani turgan gap. O'zingiz faoliyatingizdan qanchalik ko'ngil to'ldi deb hisoblaysiz?
- Biz uchun juda uzoq va qiyin davom etgan chempionatni yakunda 1-o'rinda yakunlanganimizdan albatta barchamiz birdek quvondik. Maqsadimiz yana Superligaga qaytish edi. Butun mavsum mobaynida jamoaning har bir azosi bu yo'lda astoydil mexnat qildi. “Mashal” o'zbek futbolida o'z o'rniga ega ekanligini barcha yaxshi biladi. SHunday ekan bu klubning Superligada ishtirok etishi mamlakat futboli rivoji uchun ham foydali deb hisoblayman. Murabbiylik faoliyatimga keladigan bo'lsak, rosti ko'nglim to'lmadi. Murabbiy sifatida o'z qarashlarim bor. G'oyalarimn to'liq amalga oshirishni imkoni bo'lmadi. Bu albatta, o'zimning kamchiligim deb hisoblayman. Extimol yigitlarni ko'ngliga unchalik yo'l topa olmagandirman. Yoki futbolchilar mening g'oyalarimni yuzaga chiqarishi uchun tajribasizlik qilgan bo'lishi ham mumkin. CHunki tarkibga etibor qaratadigan bo'lsangiz, asosan yoshlarni ko'rish mumkin. Bungacha xatto PRO-Liga uchrashuvlarida ishtirok etmagan futbolchilar ham bor edi. Xato va kamchilik har bir insonda bo'ladi. Muhimi uni o'z vaqtida tushunib etish va to'g'ri xulosa chiqarib olishdir. Kelgusida men ham kamchiliklarimni bartaraf etish ustida ishlayman.

- Bosh murabbiylikka o'tishingizdan oldin, xorijlik mutaxassisga assisentlik qilib kelayotgandingiz. Ushbu xolat ham sizning foydangizga xizmat qilgani aniq. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- CHindan ham Aleksandr Andreevich bilan birga ishlab, mahoratimni oshirib kelayotgandim. To'satdan u kishiga Superliga klubidan chorlov bo'ldi va muhitni o'zgartirishga qaror qildi. SHunda rahbariyat menga ishonch bildirdi. To'g'risi, kutilmagan taklif meni biroz o'ylantirdi. CHunki masuliyatli vazifa turgandi oldimda. Atrofimdagi insonlar meni qo'llab-quvvatlashi natijasida katta tavakkalga qo'l urdim. Yaratganga shukur, yakunda yuzimiz yorug' bo'ldi. Bilasizmi, Xomyakov yil boshida asosan yosh futbolchilardan iborat jamoani shakllantirgandi. CHunki uning oldiga Superligaga chiqish maqsadidan ham ko'ra, iqtidorlarni kashf etish vazifasi qo'yilgandi. Keyinchalik klub rahbariyati asosiy vazifa elitaga qaytish ekanligini bildirgach, ishimiz yanada jiddiylashdi va har bir uchrashuv jamoamiz uchun finaldek o'tdi deyish mumkin.

- Odatda quyi ligadan elitaga chiqishni istagan jamoa tarkibini mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirib, har tomonlama baquvvat bo'lardi. Lekin “Mashal” tarkibida bu yil nomlarni ko'rmagan bo'lsakda, vazifa uddalandi. Sizning bunga qanday erishildi?
- Yuqorida takidlaganimdek, maqsadga erishish yo'lida klubning har bir azosi sidqidildan ishladi. Murabbiylar shtabida menga o'z davrining etuk futbolchilari bo'lgan – Dilyaver Vaniev bilan Botir Qoraev yaqindan yordam berdi. Ularning har biri tarkibdagi futbolchilar bilan individual tarzda suhbatlashib, xolatini bilib yurishimda ko'maklashdi. “Mashal”da shunday tizim joriy etilganki, klub ramzi tushirilgan libosni kiyganki futbolchi har qanday sharoitda maksimal darajada xarakat qilishi shart. Futbolchilar onggiga bu narsa singdirib boriladi va maqsad yo'lida bir bo'lib xarakat qilinadi. “Mashal”dagi yigitlarni yosh deb bo'lmaydi. Bilasizmi, bizning futbolda 19-20 yoshli yigitlarni “iqtidorli, yosh” deb aytib odatlanib qoldik. Evropada 17-18 yoshli futbolchilar bo'y ko'rsatib, qoyilmaqom natijalarni qayd etayotgan bir paytda, biznikilar 20 yoshli futbolchini ham “erkalatib” yurishini noto'g'ri deb hisoblayman.

- Qo'l ostingizdagi qaysi futbolchilardan ko'p narsa kutgandingiz?
- Mavsum mobaynida har bir futbolchiga barobar qarashga intildim. Kimnidir maqtab, kimnidir kamsitish fikridan yiroqman. Futbol – jamoaviy o'yin. SHunday ekan klubdagi barcha professional hisoblangan o'yinchilardan ko'p narsa kutaman. Lekin yigitlarimizda tajriba kamligi tufayli jamoa o'yinida barqarorlik ko'rinmadi. SHu bois mavsumni bir tekis o'tkaza olmadik. Bir qator uchrashuvlarda o'zimizning xatolarimiz evaziga qimmatli ochkolarni boy berdik.

- “Mashal”dagi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Albatta. Boya aytib o'tganimdek, bu erda ishlash orqali o'sishga erishish mumkin. Rahbariyat kerakli sharoitlarni yaratib, jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib ketish uchun astoydil ishlayapti. Muborakda to'g'ri tizim yo'lga qo'yilgan. Hamma o'z ishini bajaradi. Murabbiy sifatida men ham bu erda ishlab qoniqish xosil qilyapman. Jamoa bilan amalda shartnomam mavjud. Lekin hozircha rahbariyat bilan klubdagi taqdirim xususida gaplashib olmadik. Agarda ishonch bildirishsa, shu erda qolib faoliyatimni davom ettiraman.

- Superligada ham o'zingizni bosh murabbiy sifatida ishlashga tayyorman deb hisoblaysizmi?
- Bilasizmi hamma narsa rahbariyat tomonidan bo'ladigan ishonch va qo'llab-quvvatlashda. To'g'ri, bungacha Superligada bosh murabbiy sifatida ishlab ko'rmaganman. Lekin kelasi yil elitada ham “drijyorlik” qilish uchun ishtiyoqim yuqori. Tajriba kamlik qilishi mumkindir. Lekin tajriba qachon keladi? Qachonki ish jarayonida bo'lsangiz. SHunday emasmi?!

- Yaqin orada “Pro” murabbiylik licenziyasiga o'qish rejangizda bormi?
- Murabbiylik kurslarini bosqichma-bosqich o'tab boryapman. Hozircha menda “A” licenziyasi mavjud. Nasib qilsa kelgusi yil bo'ladigan “Pro” murabbiylik licenziyasi uchun kurslarda o'qish niyatim bor.

- Bu yil Superliga o'yinlarini kuzatib bordingizmi?
- Har bir o'yinni qoldirmasda ko'rib chiqdim deya olmayman. Vaziyatdan kelib chiqib, imkon qadar Superliga uchrashuvlarini kuzatib borishga intildim.

- Ixtiyor o'zingizda bo'lganida “Mashal” tarkibini nechchi foizga yangilagan bo'lardingiz?
- Superliga bilan PRO-Liga o'rtasidagi tavofut katta ekanligi barchaga yaxshi malum. Menimcha hozirgi tarkibni kuchaytirmasak, qiynalib qolishimiz muqarrar. Lekin havotirga o'rin yo'q. CHunki so'nggi yillarni Superliga klublarida ijarada o'tkazgan futbolchilarimiz talaygina topiladi. Aynan ularning jamoaga qaytarilishi natijasida tarkibni kuchaytirib olishimiz mumkin.

- Bosh murabbiy sifatida tajribali futbolchilarni ham olib kelish imkoni bo'lganida, kimlarni tanlagan bo'lardingiz?
- “Mashal”da tajribali o'yinchilarga zarurat yo'q. Yuqorida aytganimdek, boshqa klublarda faoliyat yuritgan futbolchilarimizni jamoaga qaytarsak, shuni o'zi etarli bo'ladi menimcha. SHundan kelib chiqib, ayrim chiziqlarni boshqa klublardan o'rtamiyona va eng asosiysi o'yinimizga mos tushadigan yigitlarni taklif etishimiz mumkin. CHunki “Mashal”ning falsafasi tajribali o'yinchilarni sotib olish emas. Balki iqtidorlarni kashf etish orqali, ularni top klublarga sotishdir.

- “Mashal”ning kelgusi rejalari qanday?
- Mavsum yakuniga etgach, rahbariyat bilan suhbatlashganimizda dekabr oyida yig'in o'tkazmaslikka qaror qildik. Xabaringiz bo'lsa kerak, bu yil “Mashal” futbol klubini tashkil topganiga 35 yil to'ldi. SHu va PRO-Liga g'olibligini qo'lga kiritganimiz munosabati bilan 27 dekabr kuni bayram tadbirini tashkil etish rejalashtirilgan. SHundan so'ng keyingi mavsum uchun tayyorgarlik rejasi malum qilinadi.

- Jamoaga yangi bosh murabbiy olib kelinsa, bu sizga ruhan tasir o'tkazmaydimi?
- Rahbariyatning qarorini doimo xurmat qilaman. Agarda ular shunday qaror kelsa, batafsil gaplashib olishimiz mumkin. Balki keladigan yangi murabbiy tajribali mutaxassis bo'lsa, uning yonida ishlab, yanada maxoratimni oshirishim ham mumkin. Extimol yana mustaqil ravishda yoshlar jamoasi yoki farm-klubni boshqararman. Buni albatta vaqt ko'rsatadi.

- Superliga klublarini boshqarib borayotgan qaysi murabbiylarning faoliyatini kuzatib borish Siz uchun qiziq tuyulmoqda?
- Birinchi navbatda Ulug'bek Baqoevni aytgan bo'lardim. Futbolchi sifatida ham tirishqoq bo'lgan. “So'g'diyona”ga kelgach, jamoasi o'yinida ham shunday xarakterni o'rnata oldi. Xatto qisqa vaqt ichida jizzaxliklarni sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirgani tahsinga loyiqdir. SHuningdek menga ko'proq SHota Arveladze bilan Ro'ziqul Berdievning ish uslubi yoqmoqda. Aynan ularning ishini o'rganib borishga va o'zim uchun yangiliklarni kashf etishga xarakat qilaman.


Fayzulla suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика