So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Intervyu. Amirjon Safarov nimani isbotlamoqchi? Yangiliklar

Intervyu. Amirjon Safarov nimani isbotlamoqchi?

Dinamo jamoasi safida o'tgan 2016 yilda mavsum kashfiyotiga aylangan yosh hujumchi Amirjon Safarov Birinchi Ligadagi ilk mavsumida 23 ta gol urib, eng yaxshi to'purarlar safiga qo'shilgandi.

 Joriy yilda ham Amirjon Safarov muxlislarni quvontirishda davom etmoqda.

Jumladan, Samarqanddagi so'nggi ikki o'yinda zaxiradan maydonga tushib, dastlab Buxoro darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, kuni kecha So'g'diyonaga qarshi ikkinchi bo'limda dubl qayd etdi va jamoasiga muhim bir ochkoni keltirdi. O'yindan keyin futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.

- So'g'diyona bilan bahsda faqat g'alabani ko'zlagan edik. Afsuski, durangga erishdik. Menimcha, raqibni kuchiga to'g'ri baho bera olmadik. Jamoamga foyda keltira olganimdan xursandman - deya so'z boshladi Amirjon Safarov.

Birinchi bo'lim 0:0 hisobi bilan yakunlanganidan keyin murabbiylarimiz ikkinchi bo'limda maydonga tushishimni aytishdi. Ular hujumkorlikni oshirib, to'pni ko'proq o'zimda saqlashim lozimligini va qulay vaziyatlarga chiqishimni uqtirishgandi. Jamoadoshim zarba berayotganda to'g'ri joy tanlay oldim va darvozabon qaytargan to'pni golga aylantirdim. Ikkinchi golimdagi vaziyatda esa, darvozaning yaqin burchagiga zarba yo'lladim va to'p darvoza ustuniga tegib, to'rdan joy oldi. G'alaba bo'lmasada, bir ochko ham hozirda biz uchun juda muhim edi - deydi Safarov.

Hozircha Oliy Ligada 3 ta gol urishga, bitta golli pas amalga oshirishga erishdim. Murabbiylarimiz imkoniyat berishda davom etishsa, ishonchni oqlashga intilaman. O'tgan yili Birinchi Ligada bejizga to'purar bo'lmaganligimni Oliy Ligada ham isbotlamoqchiman. Murabbiylar ishonchi va har o'yindagi minglab muxlislarning qo'llab-quvvatlashi yordamida keyingi o'yinlarda ham jamoamizga foyda keltirishga bor kuch va imkoniyatimni sarflayman - deya fikrini yakunladi 22 yoshli Dinamo hujumchisi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика