So’nggi yangiliklar

09:00Қойил! АПЛнинг ўртамиёна клуби 47 миллион еврога футболчи сотиб олди  0 08:31U-16 Халқаро ўртоқлик турнири. Ўсмирларимиз бугун мезбонларга қарши баҳс олиб боради  0 08:03Про лига. Бугун 17-тур бошланади  0 07:35Суперлига. Бугун иккита қизиқарли учрашув бор  3 07:15А Серия. "Ювентус" ва "Аталанта" йирик ҳисобда ғалаба қозонишди, 1-тур ўйинлари битта саҳифада (+мусобақа жадвали)  7 06:55АПЛ. 37 ёшли "Лестер" афсонаси Жейми Варди жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди   0 02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  1 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  5 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  4 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  4 01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  7 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  4 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  27 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0

InterFUTBOLning payshanba kungi 60-sonida... Yangiliklar

InterFUTBOLning payshanba kungi 60-sonida...

Teglar :  Gazeta
InterFUTBOL gazetasining navbatdagi, payshanba sonida bir-biridan qiziqarli maqolalarni mutolaa qilish barobarida, eksklyuziv intervyular, turli materiallar, tahlil va suhbatlar ham sizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

SHu bilan birga, hafta davomida amalga oshirilgan so'nggi transfer yangiliklari hamda qaynoq xabarlar ham aynan InterFUTBOLda…
Gazetamizning 28 iyul kungi sonida quyidagi maqolalarnilarni ham mutoala qilish imkoniyatingiz bor...

- Biri ketdi, boshqasi keldi
O'tgan hafta xalqaro futbol bilan bog'liq ikkita xabar chiqdi - biri yaxshi, ikkinchisi esa yomon. Yaxshi xabar shundan iboratki, Markaziy Osiyo Futbol Associaciyasi kubogi tashkil etildi va yanada yaxshi tomoni - turnir Toshkentda o'tkaziladi. Yomon xabar esa - MDH kubogi batamom barham topdi. Keling, avval mana shu yomoniga to'xtalib o'taylik.

- Ravshan HAYDAROV: Terma jamoada eng munosiblar o'ynaydi
Malumki, o'tgan hafta O'FF Terma jamoalar markazi tomonidan 1995 yil va undan kichik yoshdagi futbolchilardan tarkib topgan terma jamoa tuzilib, unga Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlangandi. Bu terma jamoamiz kelasi yili o'tkaziladigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatining saralash bahslari hamda navbatdagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etadi.

- Bolalar futbolchi haqida: Germaniyalik Sashani qiynagan savol…
Yaqinda Championat.asia sayti ijodkorlari Toshkentda mehmon bo'lgan Germaniyaning JFL-Schlotheim jamoasi boshqaruvchisi va katta murabbiyi bilan ko'rishib, xorijlik mutaxassislarning o'zbek futboli borasidagi fikrlari bilan qiziqishdi. Gazetamizning o'tgan sonida Elfi Fernshild va Sasha Routerning O'zbekistonga tashriflari bilan bog'liq maqolaning dastlabki qismi etiboringizga havola etilgandi. Ushbu maqolaning davomida muallif mehmonlar bergan qiziq savol hamda Ispaniya futbolining ayrim jihatlari haqida so'z yuritadi.

- Marketing
Yuventus dunyo futboli tarixida eng qimmatbaho xaridga qo'l urdi - Napolidan Gonsalo Iguainni sotib oldi. Ozgina pulga emas, naqd 90 million evroga. Turinliklarning xaridi etiborsiz qolmadi, albatta. SHuncha pul sarflanadi-yu, etiborsiz qoladimi? Har tomondan turli fikrlar bildirildi. Tabiiyki, ular orasida maqullovchi gapdan ko'ra, qarshi chiqadigani ko'proq. Axir shuncha pul-a! Hozir hamma Yuventusni gapirmoqda - muxlislar, jurnalistlar, murabbiylar, mutaxassislar... Xo'sh, turinliklar tutgan yo'l to'g'rimi?

- Artur GEVORKYAN:  Xuddi uydan bosh olib ketgandek bo'ldim
O'zbekiston chempionatida yozgi transfer bozorining eng qaynoq xaridini Lokomotiv klubi amalga oshirdi. Joriy mavsum o'z oldiga eng oliy maqsadlarni qo'ygan temiryo'lchilar Nasaf sardori Artur Gevorkyanni o'z saflariga qo'shib olishdi. Turk¬maniston termasi etakchisi ajdarlar libosida 140ta uchrashuvda maydonga tushib, 64ta to'p kiritgandi.

- Denisov Krishitodan oldinda…
RFPLning ENG QIMMAT FUTBOLCHILARIDAN TUZILGAN RAMZIY TERMA
Xalk Xitoyga, Muso esa Angliyaga yo'l oldi. Vitselning ham Zenitni tark etishi 99 foizga aniq bo'lib ulgurgan. Soccer.ru Rossiya chempionatida to'p surayotgan eng qimmat futbolchilardan iborat ramziy terma tuzdi. Etiborlisi, ushbu ro'yxatdan O'zbekiston milliy jamoasi hamda Moskvaning Lokomotiv klubi chap qanot himoyachisi Vitaliy Denisov ham o'rin egalladi.

- Afsus yana jarohat
Jarohat - futbolchining ashaddiy dushmani! Tana azosining qaysidir qismi lat esa, o'ynash imkoniyati pasayishi inkor etib bo'lmas haqiqat. Malumki, chaqqon va raqibini aldashga moyil futbolchilar tez-tez jarohatdan jabr ko'rishadi: ularga qarshi ko'pincha qo'pollik ishlatishadi. Krishtianu Ronaldu, Eden Azar, Lionel Messi... SHu nomlar qatoriga bemalol Aren Robbenni ham kiritish mumkin. Gollandiyalik yarim himoyachi faoliyatining aksariyat qismini aynan shikastlanish oqibatida maydondan chetda o'tkazgan. Quyida beriladigan malumotlar Robbenning jarohatlari xususida.

- Hamma pulni ota-onamga beraman
YOXUD YUVENTUSNING NOYOB TOPILMASI HAQIDA
Top-klublar Marko Pyacaga anchadan buyon qiziqish bildirishayotgandi. Xususan, Yuventus sport direktori Fabio Paratichi deyarli uch yil mobaynida yorqin istedod sohibini kuzatdi. Napoli, Inter, Liverpul, Tottenxem va nihoyat, Milandan tushgan takliflarga rad javobi berildi. Keyingi ikki yil mobaynida Zagrebning Dinamo klubiga 23 million evro to'lashga kelishgan Turin grandi barchadan chaqqonlik qildi. Futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolandi. Bugun Pyaca haqidagi eng muhim malumotlarga birma-bir nazar tashlashga qaror qildik.

- Aleksandr Zinchenko: Pep hazilni joyiga qo'yadi
Xabaringiz bor, uch hafta oldin Ufa klubi va Ukraina terma jamoasi azosi Aleksandr Zinchenko Manchester Sitiga o'tdi. Yaqinda rossiyalik jurnalistlar uning yangi jamoasidagi ahvoli bilan qiziqishdi.

- Terri ANRI:MURABBIYLARNI HURMAT QILISHNI O'RGANDIM
Arsenal afsonasi Terri Anri Sun Sport nashriga bergan intervyusida murabbiylikni orzu qilishi va u bilan shartnomani uzaytirishni istamagan kanonirlardan xafa emasligini tan oldi.
Anrining fikricha, joriy mavsum Arsenalda chempion bo'lish uchun imkon bor ekan. Franciyalik futbolchining aytishicha, Pep Gvardiola, Antonio Konte, Joze Mourino va Yurgen Klopp¬lar yangi joylariga hali moslashib olishlari lozim. Demak, Arsen Venger keyingi 13 yildagi birinchi chempionligini qo'lga kiritishi mumkin.

- Ivan KORDOBA:Ronaldo – Il Fenomeno!
Interning sobiq himoyachisi Ivan Kordoba Suning Groupning Milandagi loyihasi ish berishiga ishonadi. SHu bilan birga, bu loyihada ishlashdan mamnun.
39 yoshli Kordoba 2000-2012 yillarda Inter sharafini himoya qilib, mahalliy muxlislar yoqimtoyiga aylangandi. Yaqinda La Gazzetta dello Sport nashri u bilan qisqacha suhbat uyushtirdi.

- Oliyhimmat futbolchilar
Xabaringiz bor, kuni kecha Portugaliya terma jamoasi va Madridning Real klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evro-2016 doirasida qo'lga kiritilgan 275 ming evrolik mukofot pullarini saraton xastaligidan aziyat chekayotgan bolalarni davolash maqsadida xayriya qilib yubordi. Bu xastalikka chalingan bolalarning ko'zlariga boqish juda qiyin. Ularga va bechoralarning ota-onalarini ko'rib, kundalik hayotimdagi muammolar naqadar arzimas ekanini tushunib etaman. SHuning uchun imkonim boricha yordamga muhtojlarga saxovat qo'lini uzataman, - deydi Ronaldu.

Lester orkestrining dirijyori
Football.ua va Grants kompaniyasi hayot yo'li Gollivudga syujet qilishga arziydigan, o'ta mehnatkash  va ajoyib inson - Klaudio Raneriga tegishli citatalarni etiboringizga havola etadi.

Evro-2020. tengsiz, g'aroyib, nostandart
Portugaliya terma jamoasi azolari ko'ksini oltin medallar bezagan palladan boshlab Evro-2016 tarixga aylandi va jamoatchilik etiborini navbatdagi - yubiley qita birinchiligi rejalari egallay boshladi. Tashkilotchilar bu musobaqani tom manodagi yangi turnir darajasiga ko'tarish niyatidalar. Evro-2020 final bosqichi ilk marta turli mamlakatlarning 13ta shahrida bo'lib o'tadi. SHuningdek, mutasaddilar ang¬liyalik muxlislarning UEFAga gina-kuduratlariga barham berish hamda 60 yil muqaddam o'tkazilgan ilk qita birinchiligida g'olib chiqqan terma jamoaga hurmat bajo keltirishni ham etibordan chetda qoldirishmayapti.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика