"Inter"dan ajoyib ko'rsatkich! Bunaqasi klub tarixida uchinchi marotaba bo'lishi

Aziz Tukhtamuradov
18 dek 2021, 09:21
"Inter" Italiya chempionatining 18-turida "Salernitana"ni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Milanliklar o'z tarixlarida uchinchi marotaba A Seriya doirasidagi o'yinlarda ketma-ket 5 ta o'yinni to'p o'tkazmasdan yutishmoqda. 

Bungacha klub 1989 va 1996 yillarda shunday natijani qayd etgan. 

Ayni paytda "Inter" A Seriyada birinchi o'rinni egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta