"Inter" xorvatiyalik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
17 mar 2022 12:11
Yangiliklar
"Inter" xorvatiyalik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Inter" shartnomani uzaytirish bo'yicha Ivan Perishich bilan muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchiga yiliga 5 mln evro maosh bilan 2024 yilga qadar shartnoma taklif qilindi.
33 yoshli vinger do'sti Marselo Brozovich o'ynaydigan "Inter"da qolishni xohlaydi. Ivanning "neradzurrilar" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Perishich joriy mavsum "Inter" tarkibida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar