"Inter" va "Milan" rahbarlari Kondogbia borasida hamkorlikda muzokaralar o'tkazishdi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2015, 10:49
"Inter" va "Milan" vakillari "Monako" rahbariyati bilan Joffrey Kondogbia transferi borasida uchrashuv o'tkazishdi.

Uchrashuvda futbolchining agenti ham ishtirok etdi.

Jurnalistlar "Milan" vice-prezidenti va "Inter" sport direktori Pero Auzilioni restoranda birga chiqib ketayotganda suratga olishdi. Rossonerlar vakili izoh berishdan bosh tortdi, Auzilio esa quyidagilarni ma'lum qildi: "Inter" va "Milan" o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi. Biz "Monako" rahbariyati va futbolchi agent bilan birga kechki ovqat tanovul qildik. Taklif? Biz bu mavzuni muhokama qildik, ammo hozircha bir narsa deya olmayman. "Milan" bilan muammo yo'q".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com