“Inter” sobiq himoyachisi: “MYU Lukakuning qadriga etmadi”
10 may 2020 21:55
Yangiliklar
“Inter” sobiq himoyachisi: “MYU Lukakuning qadriga etmadi”
Kolumbiyalik futbolchi Ivan Kordobaning fikricha, “Manchester Yunayted” hujumchi Romelu Lukakuni sotib yuborib xatolikka yo'l qo'ygan.
“Lukaku – yuqori saviyali o'yinchi. “Manchester Yunayted” uning qobilayatini to'liq anglay olmadi, o'tgan mavsum ishlari yurishmadi. Nazarimda, Lukaku barcha champion ekanligini isbotlamoqda.
Premer-liga uni kuchliroq qildi. Romelu bilan uchrashgandim, u etakchi va kiyim almashtirish xonasini yuqori kayfiyatda ushlab turadi. MYU Lukakuni sotib yuborgani esa achinarli, ammo “Inter” uni qo'lga kiritganidan xursandman”, deydi Kordoba.
Belgiyalik hujumchi joriy mavsum "neradzurrilar" tarkibida 35ta o'yin o'tkazib, 23+5 natijaga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar