"Inter" shifokori: "Eriksenning sog'lig'ida hech qachon muammo bo'lmagan"
14 iyu 2021 01:49
Yangiliklar
"Inter" shifokori: "Eriksenning sog'lig'ida hech qachon muammo bo'lmagan"
"Butun 'Inter' oilasi yomon lahzalarni boshdan kechirdi. Yaqinda biz keng ko'lamli tadqiqotlar olib boramiz. Eriksen yaxshi holatda bo'lishi muhim, ammo u shu paytgacha hech qanday muammoga duch kelmagan. 'Inter'da bu kabi holat kuzatilmagan. Italiyada salomatlik qattiq nazorat qilinadi", — deydi Volpi.
Eslatib o'tamiz, Eriksen Evro-2020'da Finlyandiyaga qarshi o'yinda hushini yo'qotdi (0:1). Hodisa birinchi bo'lim tugashidan biroz oldin, hisob 0:0 vaqtida sodir bo'lgan. SHifokorlar futbolchiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatishga harakat qilishdi. Ular suniy yurak massajini amalga oshirdi va defibrilatordan foydalanishdi.
Uchrashuv esa to'xtatildi. Daniyalik futbolchilar Eriksenni o'rab olishdi va uni tomoshabinlar va kameralardan to'sib qo'yishdi. Keyinchalik uni tomoshabinlar olqishlari ostida shifoxonaga olib ketishdi.
13 iyun kuni futbolchining ahvoli barqaror holda ekanligi malum bo'ldi. U endilikda to'liq tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
Fikrlar