“Inter” o'rniga “Real” yoki “Barselona”ni tanlamaganimdan afsuslanaman”
26 apr 2020 09:20
Yangiliklar


“Inter” o'rniga “Real” yoki “Barselona”ni tanlamaganimdan afsuslanaman”
Yugoslaviya va Makedoniya terma jamoalarining sobiq hujumchisi, 1991 yilgi “Oltin butsa” sohibi Darko Panchevning aytishicha, u 1992 yilda “Crvena Zvezda” safidan “Inter”ga kelib qo'shilganidan afsusda ekan.
“Mening eng katta xatoim – “Inter”ga o'tganim. Men asosiy etiborni himoyaga qaratadigan jamoaga kelib qo'shilgandim. Menga u erda boshqacha munosabatda bo'lishardi, chunki men ular uchun begona edim. SHu va boshqa jihatlar tufayli jamoaga moslasha olmagandim.
Ammo bu mening xatoim edi. Vaholanki o'shanda men “Real”, “Barselona” yoki “Manchester Yunayted”ga ham o'tishim mumkin edi. Bu jamoalar meni kuzatib turishgandi”, deya sobiq futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Panchev 1995 yilga qadar “Inter”da to'p tepgan. Oradan ikki mavsum o'tib, futbolchi faoliyatini yakunlagan. Ko'k-qoralar safida u 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta golga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar