"Inter" Nastasich va Kolarovni ijaraga olmoqchi
04 dek 2014 19:00
Yangiliklar
"Inter" Nastasich va Kolarovni ijaraga olmoqchi
"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini sobiq klubi "Manchester Siti"ning himoyachilari Mattiya Nastasich va Aleksandr Kolarovni ijaraga olmoqchi.
Yaqinda murabbiylikka qaytgan Manchini qishki transfer oynasi uchun rejalar tuzmoqda. Goal nashrining xabariga ko'ra, Roberto Italiya A seriyasida o'ynashga ulgurgan "Siti"ning ikki futbolchisiga qiziqib qolgan.
Agar ikkala futbolchi yarim yil davomida Milan shahri klubida o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsata olishsa yozda "shaharliklar"ga 22 million funt berilishi mumkin. Nastasich va Kolarov esa "Siti"da juda kam o'yin amaliyotiga egalar.
Bu mavsumda Kolarov APLda atiga to'rt bor boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. Nastasich esa umuman maydonga tushgani yo'q.

Fikrlar