"Tottenxem" 55+10 mln funtlik transferni amalga oshirdi
10 avg 21:08
Yangiliklar
"Tottenxem" 55+10 mln funtlik transferni amalga oshirdi
"Tottenxem" Dominik Solankeni "Bornmut"dan xarid qildi.
26 yoshli forvard 2030 yilga qadar shartnoma imzoladi. Bitim narxi 65 mln funtni tashkil etadi. 55 mln funt har qanday sharoitlarda, yana 10 mln bonuslar ko'rinishida to'lanadi.
Transfermarkt malumotiga ko'ra, bu "shporlar" uchun rekord summa. Oldinroq, klub bunga qadar ko'proq yarim himoyachi Tangi Ndombele (62 mln evro) uchun to'lagan.
Solanke o'tgan mavsum APL doirasida "Bornmut"ning eng yaxshi to'purariga aylandi, u 38ta o'yinda 19ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar