"Inter" Nainggolan va Vidalni sotishga qaror qildi

Alisher
21 iyul 2021, 16:28
Milanning "Inter" klubi xo'jayinlari ikki futbolchini sotish orqali maoshlar miqdorini tushirishmoqchi.

"Neradzurrilar" yarim himoyachilar Raja Nainggolan va Artur Vidal bilan xayrlashishga qaror qilishdi. Belgiyalikning maoshi 4,8 mln evro, chililikniki esa 6,5 mln evroni tashkil etadi.

Murabbiylar shtabi ushbu o'yinchilarga ishonch bildirmayapti, shu sabab ular rahbariyat qarorini qo'llab-quvvatlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Inter" o'tgan mavsum Italiya chempioniga aylandi. Antonio Kontedan so'ng esa jamoani Simone Inzagi qabul qilib oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira