So’nggi yangiliklar

16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  0 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  6 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  9 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3

"Inter" murabbiyi Eron terma jamoasi mashg'ulotlarida yordam bermoqda Yangiliklar

"Inter" murabbiyi Eron terma jamoasi mashg'ulotlarida yordam bermoqda

Eron milliy terma jamoasining O'zbekistonga qarshi muhim o'yin oldidan mashg'ulotlarda alohida shaxs ishtirok etgani ko'pchilikning etiborini tortdi.

Paulu ismli fizioterapevt bir vaqtlar "Portu"da ishlagan, hozirda "Inter" klubida faoliyat olib boradi. 

"Inter" o'zining birinchi raqamli hujumchisi Lautaro Martinesning jarohati holatidan to'liq xabardor, shuningdek, Markus Tyuramning surunkali jarohatini hisobga olib, oldindagi muhim o'yinlarda hujumchilar taqchilligi inqiroziga yo'l qo'ymaslik uchun alohida chora ko'rishga qaror qildi. Shu munosabat bilan, klub Mehdi Taremining ahvolini yaqindan kuzatib borish va uni "Inter"ning muhim o'yinlariga tayyorlash uchun bevosita Tehronga fizioterapevt jo'natgan.

BAAga qarshi o'yindan so'ng 10 kunlik dam olish kerakligini malum qilgan Mehdi Taremi hozirda O'zbekistonga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin bo'lgan vaziyatga tushib qoldi. Hattoki, Amir G'alinoi ham o'yindan oldingi matbuot anjumanida bu haqda noaniq gapirib, futbolchining maydonga tushish-tushmasligi kechga yaqin malum bo'lishini aytgandi. Boshqa tomondan, terma jamoa tibbiyot shtabi hamon eronlik hujumchining ahvolini baholashga harakat qilmoqda.

Taremi terma jamoa yig'ini chog'ida uning son qismi jarohati borligini malum qildi va bu eski jarohat uning joriy mavsumdagi faoliyatiga tasir qildi. Hattoki, bu muammo uning "Inter"dagi yomon o'yinlarining asosiy sabablaridan biri ekanini takidladi. Yaqin haftalarda "Inter"ni Italiya kubogi doirasida "Milan" va Chempionlar ligasida "Bavariya"ga qarshi ikkita muhim o'yin kutib turibdi. Shu boisdan ham Taremi FIFA kunlarida jarohatini og'irlashtirmaslik uchun har qachongidan ham ehtiyotkor bo'lishga majbur.

Eron terma jamoasi shifokorlari Pauluga Taremini davolashni ishonib topshirgan bo'lishi mumkinligi aytilmoqda. Albatta, bu haqda hozircha rasmiy xabar chiqqani yo'q, lekin muhim jihati shundaki, Taremining shaxsan o'zi "Inter" bilan kelishib, fizioterapevtni Tehronga olib kelgan. Paulu kecha terma jamoa mashg'ulotlarida bo'lib, Taremining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bordi.

Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика