"Inter" Lukaku 130 mln evroga sotilsa, forvard uchun 35 mln evro ishlatishi mumkin. Jeko - favorit
06 avg 2021 12:11
Yangiliklar
"Inter" Lukaku 130 mln evroga sotilsa, forvard uchun 35 mln evro ishlatishi mumkin. Jeko - favorit
"Inter" "CHelsi"ga o'tishga yaqin bo'lgan forvard Romelu Lukakuga o'rinbosar izlamoqda.
Agar italyan klubi hujumchi uchun 130 million evro olsa, yangi forvard uchun atigi 35 mln evro ishlatishi mumkin. Bundan murabbiy Simone Inzagi, shuningdek menejerlar Pero Auzilio va Beppe Marottalar norozi.
Bunday holatda 12 million evroga shartnoma imzolash mumkin bo'lgan "Roma" hujumchisi Edin Jeko favoritdir.
Agar "Inter" faqatgina shuncha mablag'ni ishlatadigan bo'lsa, jamoa "Fiorentina"dan Dushan Vlaxovich va "Atalanta"dan Duvan Sapata bilan shartnoma imzolay olmaydi.
Fikrlar