"Inter" Lautaroni "Barsa"ga sotishga tayyor, faqat...
04 mar 2020 23:32
Yangiliklar


"Inter" Lautaroni "Barsa"ga sotishga tayyor, faqat...
Milanning "Inter" klubi "Barselona" kelishuvga bir nechta futbolchilarini qo'shsa, Lautaro Martines borasida muzokaralar olib borishga roziligini bildirdi.
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko'ra, italyan jamoasi Lautaroning o'rniga yarim himoyachi Artur, ijara asosida "SHalke"da o'ynayotgan Jan-Kler Todibo, "Betis"ga ijaraga berilgan Karles Alenyani o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Qolversa, "neradzurrilar" Martinesning o'rniga yangi hujumchi izlash ishlarini boshlab yubordi. Hozircha nomzodlar orasida "Atalanta" forvardi Duvan Sapata va "CHelsi" futbolchisi Olive Jiru bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar