"Inter" Jeko bilan shartnoma imzolashga yaqin. "Roma" 10 million evro va 18 yoshli o'yinchiga ega bo'ladi
26 iyu 2019 13:07
Yangiliklar


"Inter" Jeko bilan shartnoma imzolashga yaqin. "Roma" 10 million evro va 18 yoshli o'yinchiga ega bo'ladi
"Roma" hujumchisi Edin Jeko "Inter"ga o'tishga yaqin.
Klublar amalda 33 yoshli forvardning transferi bo'yicha kelishib olishdi. Rimliklar hujumchi uchun 10 million evro va 18 yoshli hujumchi Edoardo Verganini olishadi.
Bosniyalik futbolchining transferi rasman shu oy oxirlarida elon qilinishi kutilmoqda.
Oldinroq "Inter" Jekoga 13 million evro taklif qilayotganligi, ammo "Roma" futbolchining sotuvidan 22 million evro ishlab olmoqchiligi tufayli tomonlar kelisha olmayotganligi xabar qilingan edi.
Jeko faoliyati davomida "Roma"dan tashqari "Jeleznichar", "Teplice", "Usti-nad-Labem", "Volfsburg" va "Manchester Siti" klublarida to'p surgan.
Hujumchi 2007 yildan buyon Bosniya va Gercegovina terma jamoasi futbolchisi sanaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar