"Inter" Ikardini sotib yubormaydi

Mirjalol Normatov
21 iyul 2018, 14:15
"Inter" hujumchi Mauro Ikardini "Real"ga sotib yubormaydi.

Hozir ham "Real" futbolchini jamoaga olib kelish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda. Biroq argentinalikning tovon puli 110 mln evroga teng. Shu boisdan transfer amalga oshmasligi ehtimoli katta. Italiya jamoasi ham uni sotib yubormasdan, yangi yaxshilangan shartnoma taklif qilmoqchi.

Ikardi ham "Inter"da qolishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport