“Inter” Ikardiga yiliga 6,5 mln. to'lamoqchi, futbolchi esa ko'proq so'ramoqda
23 fev 2019 20:10
Yangiliklar


“Inter” Ikardiga yiliga 6,5 mln. to'lamoqchi, futbolchi esa ko'proq so'ramoqda
“Inter” klubi jamoaning asosiy hujumchisi Mauro Ikardiga yangi shartnoma taklif qildi.
SHartnomaga ko'ra, “neradzurrilar“ argentinalik futbolchi uchun yiliga 6,5 mln. evro to'lamoqchi. Biroq, Ikardi va uning agenti (ayoli) Vanda Nara bu mablag'dan norozi. Ular klubdan 7,5 mln evro so'ramoqda, deya xabar beradi Corriere dello Sport.
Avvalroq, “Inter” Mauro Ikardini sardorlik bog'ichidan mahrum qilib, uni Samir Xandanovichga topshirgandi. Ikardi Evropa ligasi 1/16 finali doirasidagi “Rapid”ga qarshi o'yinning qaydnomasiga o'am kiritilmagan. SHuningdek, uning A seriya 24 turida “Fiorentina”ga qarshi maydonga tushishi ham so'roq ostida bo'lib turibdi.
Qayd etish joizki, 26 yoshli hujumchiga “Real”, “CHelsi” va Evropaning boshqa grand jamoalaridan qiziqish bo'lmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar