"Inter" Gosensni qo'yib yubormaydi
20 dek 2022 19:39
Yangiliklar


"Inter" Gosensni qo'yib yubormaydi
"Inter" rahbariyati yarim himoyachi Robin Gosensni qo'yib yubormoqchi emas.
Garchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan bo'lsa-da, "neradzurri"lar sport direktori Pero Auzilio ushbu futbolchining qo'yib yuborilishiga ruxsat berilmaganini aytdi.
"Robin Gosens sotilmaydi. U yanvar oyida hech qaerga ketmaydi. Unga investiciya kiritganmiz va loyihamizning bir qismi bo'lib qoladi", - dedi Auzilio.
Ushbu mavsumda 28 yoshli xavbek bir o'yinda o'rtacha 19 daqiqadan harakat qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar