Inter futbolchisi faoliyatini Real Madridda davom ettirishi mumkin Yangiliklar

Inter futbolchisi faoliyatini Real Madridda davom ettirishi mumkin

Real klubi yozgi transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirgan.

Tuttosport xabariga ko'ra, Madrid klubi «Inter»ning 25 yoshli markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga qiziqish bildirmoqda. Klub bosh murabbiyi Karlo Anchelotti rahbariyatdan Bastonini sotib olishni so'ragan. 

Qayd etilishicha, «Inter» Bastoni uchun 80 million evro so'raydi.

Malumot uchun, italiyalik himoyachi joriy mavsum 33 o'yinda gol va 3ta assist qayd etgan. Bastonining milanliklar bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilga qadar imzolangan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика