Ferlan Mendining "Real"dagi taqdiri deyarli hal bo'ldi
05 may 16:02
Yangiliklar
Ferlan Mendining "Real"dagi taqdiri deyarli hal bo'ldi
Madridning "Real" klubi rahbariyati shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadigan 28 yoshli himoyachi Ferlan Mendiga yangi shartnoma bo'yicha taklif tayyorlamoqda.
Franciyalik futbolchi o'z o'yinlari bilan klubdagi barchaga yangi mehnat shartnomasiga arzishini ko'rsatdi. Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining shaxsan o'zi undan qolishni so'radi. SHuningdek, Mendining kiyim almashtirish xonasida ham obro'si bor.
Ammo, "Real" ayni damda Mendi uchun aniq taklif berganicha yo'q.
Eslatib o'tamiz, himoyachi Madrid klubiga 2019 yilning yozida "Lion"dan o'tgandi. U barcha musobaqalarda 166ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 10ta assist qayd etdi.
Fikrlar