"Inter" Dibala bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
15 yanv 2022, 16:28
"Yuventus"ning 28 yoshli o'yinchisi Paulo Dibalaga "Inter" qiziqmoqda.

"Inter" rahbariyati yaqinda ehtimoliy bitimni muhokama qilish uchun yarim himoyachining agenti bilan uchrashdi. Milan jamoasi Argentina terma jamoasi o'yinchisi bilan yozda erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi.

Milan klubi Dibalaga 5 yillik shartnoma va 7,5 mln evro+bonus ko'rinishidagi maosh, shuningdek katta bonus taklif qiladi.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport