"Inter" darvozabon izlamoqda
03 dek 2022 15:20
Yangiliklar
"Inter" darvozabon izlamoqda
Italiyaning “Inter” klubi tarkibiga darvozabon qo'shib olish uchun ehtimoliy variantlarni o'rganib chiqyapti.
Samir Handanovichning klubdagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda. U "Juzeppe Meacca" egalari bilan shartnomani uzaytiradimi yoki yo'qligi aniq emas. SHu sababli Milan klubi oldindan chora ko'rib qo'yish payiga tushgan.
Kelasi yozda "neradzurri" jamoaning ushbu poziciyasini isloh qilish uchun Yan Zommer va Altay Bayindir nomzodlarida to'xtalgan.
33 yoshli Zommer "Borussiya" Myonxengladbax va SHveycariya terma jamoasining asosiy posboni bo'lib qolmoqda. 24 yoshli Bayindir esa "Fenerbaxche"da muntazam o'ynayapti.
Fikrlar