"Inter" Barellani sotishni rejalashtirmayapti

Alisher
15 iyul 2021, 14:04
Milanning "Inter" klubi rahbarlari yarim himoyachi Nikolo Barellaning kelajagi borasida bir qarorga kelishdi.

Klub 24 yoshli o'yinchi borasida tushadigan takliflarni ko'rib chiqmaydi.

Barella Milan jamoasida 2020 yildan beri o'ynaydi. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Nikolo o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira