"Inter" "Arsenal" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
15 may 2021 17:40
Yangiliklar
"Inter" "Arsenal" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
"Arsenal" tayanch yarim himoyachisi Tomas Parti Italiya chempionatida talabga ega bo'lmoqda.
27 yoshli ganalik futbolchining xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" ustozi Antonio Konte afrikalik futbolchining o'yin uslubi muxlisidir.
"Arsenal" o'tgan yili Partining 50 mln evrolik tovon pulini Madridning "Atletiko" klubiga to'lagan holda, uni o'z safiga qo'shib olgan edi. Tomonlar o'rtasidagi bitim 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
Tomas joriy mavsum APL doirasidagi 22ta o'yinda maydnoga tushib, 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar