Insine: "Ronaldu Italiyada o'yinlarni bir o'zi yuta olmaydi"
17 iyu 2018 20:53
Yangiliklar


Insine: "Ronaldu Italiyada o'yinlarni bir o'zi yuta olmaydi"
"Napoli" forvardi Lorenco Insine hujumchi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tgani borasidagi fikrlarini bildirdi.
"Krishtianu, xush kelibsan. U bizning ligaga qay tarzda moslashishi meni qiziqtirmoqda. U bu erda o'yinlarni bir o'zi yuta olmaydi.
Balki Ronaldu o'zining sevimli CHempionlar ligasida katta masuliyatni o'z bo'yniga olar. Ikki mavsum oldin u 1/8 finalda bizning darvozamizga gol ura olmagandi. Umid qilamanki, bu ishni yana davom ettiramiz", - dedi Insine.
O’xshash yangiliklar
02:00
Klublar o'rtasidagi JCH. "Real Madrid" "Yuventus" minimal hisobda engib, chorak finalga yo'l oldi 62

Fikrlar