So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  18 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Inqiroz: "Liverpul"ning muvaffaqiyatsiz starti sabablari Yangiliklar

Inqiroz: "Liverpul"ning muvaffaqiyatsiz starti sabablari

Teglar :  APL Liverpul
"Liverpul" so'nggi yillardagi eng yomon mavsumini o'tkazmoqda.

"Qizillar" ayni damda Angliya Premer-ligasi jadvalida 7-o'rinda borishmoqda va etakchi ("Arsenal")dan 11 ochko ortda borishmoqda. Bu chempionlik poygasi u yoqda tursin, top-4 uchun ham biroz ko'p. Mersisaydliklarda inqiroz kuzatilmoqda – bu fakt. "Manchester Siti" va "Vest Xemg"ga qarshi g'alabalar umumiy kartinani unchalik ham o'zgartirmaydi. Ammo, hammasini murabbiyyga ag'darib qo'yish juda ham oson. "Liverpul" – inqirozda, bunga sabablar bor.


"Qariyotgan" jamoa


"Qizillar" har bir transfer oynasida ishlashadi, ammo hech qachon ko'plab xaridlar qilishmaydi. Mersisaydliklar asosan o'rta muddatli istiqbolga mo'ljallangan aniq shartnomalar imzolaydilar. "Liverpul" jamoani qayta qurmoqda, ammo sifatni yo'qotmaslik maqsadida, buni juda ham ehtiyotkorlik bilan qilmoqda. Tarkibni yoshartirish borasidagi sekin ishlar "qizillar"ni hozirda Premer-ligadagi eng yoshi katta jamoalardan qilib turibdi.

Mersisaydliklar o'rtacha yosh bo'yicha faqatgina "Fulxem" va "Vest Xem"dan ortda borishmoqda. 2017/18 yilgi mavsum APLda ularda eng yosh jamoa edi. Hozirda ular bu bo'yicha 18-o'rindalar. "Liverpul"ning har bir o'yinida 30 va undan katta yoshdagi o'rtacha 7 o'yinchi harakat qilmoqda. Bu APLdagi yuqori ko'rsatkich.



Eng yoshi kattalar Jeyms Milner (36 yosh) va Adrian (35). Undan keyin Jordan Xenderson (32), Tyago Alkantara (31), Roberto Firmino (31), Joel Matip (31) va Virjil van Deyk (31) bormoqda. Alisson va Muhammad Salah 30 yoshdan. Yosh o'tishi bilan o'yinchilarda tezlik va samaradorlik pasayib boradi, ular jarohatga ko'proq moyilroq bo'lishadi. Tajriba – bu yaxshi, ammo sifatli yosh o'yinchilar ham kerak. Hozirda bundaylar "qizillar"da ko'p emas.


Trentning pasayishi


Trent Aleksander-Arnold – Premer-ligadagi eng ijodkor himoyachilardan biri. Ammo, mersisaydliklar tarbiyalanuvchisi doim mudofaada zaif bo'lgan, joriy mavsumda esa juda ham yomon. Joriy mavsum "Liverpul"ning raqiblari ko'proq Trent joylashgan o'ng qanot (43%)dan hujum qilishmoqda. Ilgari, futbolchining zaif harakatlari hujumdagi o'yin bilan qoplanib ketgan bo'lsa, joriy mavsum bu ko'rsaktich ham juda pasayib ketdi.

"Qizillar" tarbiyalanuvchisi joriy mavsum Premer-ligadagi 9ta o'yinda atigi 1ta gol urdi. Trent joriy mavsumda yomon o'ynamoqda, ammo barchasini unga yuklab qo'yish adolatsizlik. Butun "Liverpul" mudofaasining aybi jamoa APLda allaqachon 12ta to'p o'tkazib yuborganida. Undan pastdagi "Brayton" ham kamroq o'tkazgan.



O'tgan mavsumdan farqli ravishda mersisaydliklar himoyachilar kamroq yakkama-yakka kurashlarni yutishgan – o'yinda o'rtacha 42,8 (46,2 bo'lgan). Bundan tashqari, raqiblar "Liverpul" jarima maydonchasiga o'rtacha 25 bor uzatma (o'tgan mavsumda 20ta edi) amalga oshirishmoqda. Trentning "pasayishi" "qizillar" uchun yaqqol sezilib turadi, ammo bundan ham muhimi, butun mudofaa chizig'ida muammo bor. Alisson hozirda APLda 4tagina "quruq" o'yin o'tkazgan – yuqori o'rinlar uchun kurashga kamroq.


Hujumdagi muammolar


Mersisaydliklar yozda Sadio Manedek muhim o'yinchini yo'qotishdi. Senegallik har mavsumda nafaqat 10tadan ko'p gol urardi, balki assistlar, umuman jamoaning hujum chizig'iga katta tasir ko'rsatardi. Mane "Bavariya"ga yo'l oldi, "Liverpul"ga esa "Benfika"dan Darvin Nunes keldi. Yosh hujumchiga katta umidlar bog'lanmoqda, ammo u hozircha Premer-ligada atigi 3ta gol urdi. Bu 75 mln evrolik forvarddan kutilayotgan narsa emas.

Muhammad Salahning samaradorligi pasayishini alohida ko'rsatish kerak. Misrlik hozircha APLda atigi 3ta gol urdi. Vinger joriy mavsum o'rtacha 0,26 gol (o'tgan mavsum har bir o'yinda 0,75 edi) urmoqda. Futbolchi bir o'yin davomida o'rtacha 0,90ta zarba bermoqda (o'tgan mavsum – 1,96). Bundan tashqari, Salah o'tgan mavsumga nisbatan (har bir o'yinda 0,39 assistga qarshi 0,42) kamroq assist bermoqda va kam ehtimoliy golli vaziyat yaratmoqda (0,26ga qarshi 0,59).



Hozirda "qizillar"ning eng yaxshi to'purari Roberto Firmino (Premer-ligada 6ta gol) hisoblanadi, ammo braziliyalik ham so'nggi yillarda barqaror emas. Bunga qo'shimcha ravishda charchagan Salah va APLga hali ko'nikmagan Nunesni qo'shish mumkin. Hali Premer-liganing joriy mavsumida gol urmagan Diogu Jota bor, ammo unda jiddiy jarohat bor, shuningdek Luis Dias ham lazaretda. "Liverpul" hali ham kam gol urmayapti (22ta gol, APLda 4-o'rin), ammo "qizillar"ning hujum chizig'i oldingidek emas.


Jarohatlar


Jarohatlar ko'pincha natijalar uchun bahonadek ko'rinadi, ammo mersisaydliklarda haqiqatdan ham kadrlar muammosi bor. Premer-ligadagi 11 tur davomida "Liverpul"ning deyarli yarim tarkibi lazaretdan o'tdi. Hozir ham vaziyat yaxshi emas. Trent va Matip safga qaytdi. Ammo, "qizillar" lazaretida Dias, Jota, Nabi Keyta, Aleks Oksleyd-CHemberlen va Artur Melo qolmoqda. Braziliyalik bilan vaziyat qayg'uliroq, u "Yuventus"dan o'tganidan so'ng mersisaydliklar safida CHempionlar Ligasida atigi 18 daqiqa o'ynashga ulgurdi, APLda esa hali debyut qilmadi.

"Liverpul"ning og'ir kadrlar muammosi jamoada asosiy o'yinchilarning o'rnini bosa oladigan futbolchi yo'qligida ham. Alisson, Trent, Salah va Endi Robertson so'nggi 4 yil ichida Premer-ligada o'ynagan 7 o'yinchilardandir. Xenderson, Jota va van Deyk ham ko'p o'ynaydi. Rotaciyaning yo'qligi o'yinchilarni juda ham charchatmoqda, yoki jarohatga moyil qilib qo'ymoqda.



Joriy mavsum Jahon chempionati sabab futbolchilarning taqvimi yanada tig'iz bo'ladi. SHu bois inqiroz yanada avj olib ketmasligi uchun "qizillar" tarkibni yoshartirish va qisman qayta qurishni boshlashi kerak. Albatta, mersisaydliklar hozirda munosib o'rinbosarni topishlari oson emas. Ammo, aynan shu top-klubning vazifasi – o'tish davrini g'alabalarga o'rganib qolgan muxlislarga sezdirmaslik.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика