Ingz Real Sosedad bilan muzokara o'tkazmoqda
17 fev 2015 10:25
Yangiliklar


Ingz Real Sosedad bilan muzokara o'tkazmoqda
Bernli klubi hujumchisi Denni Ingz Ispaniyaning Real Sosedad klubiga ko'chib o'tishi mumkin.
The Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, 22 yoshli hujumchi Ispaniyaga klub bosh murabbiyi Devid Moyes bilan muzokara o'tkazish uchun borgan. U yozda Real Sosedadga o'tishi mumkin.
Oldinroq Moyes bir necha marta yosh britaniyalik futbolchilar bilan ishlashni istayotganini malum qilgandi.
Ingzga Angliyaning Liverpul va Tottenxem klublari ham qiziqish bildirishgan.
Bu mavsumda futbolchi APL doirasidagi 22ta o'yinda 9ta gol urdi va 4ta golli pas oshirdi.
Fikrlar