Ingliz hakamlari tez orada takroriy lavhalardan foydalanishi mumkin bo'ladi
Aslanov Jasurbek
26 may 2016, 12:12
Angliya futbol assotsiatsiyasi Angliya Kubogi bahslarida hakamlarga takroriy lavhalardan foydalanishga ruhsat berish uchun muzokara o'tkazmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, muzokaralar ijobiy yakunlansa Angliya Kubogidagi hakamlar kelasi mavsumdan video yordamida qaror chiqarishlari mumkin bo'ladi. Bundan gollar, penalti, chetlatish va hakam qoidabuzarni ko'rmay qolganida foydalanish mumkin.