Ingliz grandi Luis Diasni "Barselona"dan ilib ketishga urinmoqda
22 mar 20:35
Yangiliklar


Ingliz grandi Luis Diasni "Barselona"dan ilib ketishga urinmoqda
"Arsenal" "Liverpul"ning kolumbiyalik vingeri Luis Diasni nishonga oldi.
Londonliklarga bu kelishuvni rasmiylashtirish oson bo'lmaydi. "Liverpul" bosslari Diasni sifatli o'rinbosarsiz qo'yib yubormoqchi emas. Oldinroq, OAVda kolumbiyalik vingerni "Barselona" o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Kataloniyaliklar sport direktori Deku Diasning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.
Luis Dias joriy mavsum "Liverpul" safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularda 13 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Transfermarkt kolumbiyalik futbolchini 85 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
12:27
"Liverpul" Jotaning oilasiga futbolchi bilan shartnoma bo'yicha to'liq summani to'lab beradi 0

Fikrlar