Infantino lavozimida 2031 yilgacha qolishi mumkin
17 dek 2022 19:11
Yangiliklar
Infantino lavozimida 2031 yilgacha qolishi mumkin
FIFA prezidenti Janni Infantino lavozimida uzoq muddatga qolishi mumkin.
FIFA maxsus qo'mitasi Infantinoni qo'llab-quvvatlaydi va u 2031 yilgacha lavozimida qolishi mumkin.
Janni 2016 yil korrupciya bilan bog'liq janjaldan keyin Zepp Blatterning o'rniga kelgandi. 2019 yil u lavozimiga qayta saylangan. Kengash 2016 — 2019 yilgi davrni prezidentlikning birinchi muddati deb hisoblamaslikka qaror qilgan. Eslatib o'tamiz, FIFA prezidentligiga ikki marta saylanish mumkin.
Avvalroq Infantino FIFA prezidentligi uchun yagona nomzod bo'lgani haqida xabar berilgandi. Saylov jarayoni 2023 yil 16 mart kuni Ruandada bo'lib o'tadi.
Fikrlar