Inesta Messidan keyin “Barselona”dagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi
13 dek 2013 11:39
Yangiliklar


Inesta Messidan keyin “Barselona”dagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi
“Barselona” yarim himoyachisi Andres Inesta, jamoasi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni ko'ngildagidek yakunladi.
Yarim himoyachi kataloniyaliklar bilan shartnomani 5 yilga uzaytirdi. Yangi shartnoma 2020 yilga qadar davom etadi, deb xabar beradi Football Espana.
SHartnomaga ko'ra, Inestaning maoshi yiliga taxminan 10-11 million evroni tashkil etadi. SHunday qilib u, Messidan keyin “Barselona”dagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.
Yangi shartnoma haqida rasmiy xabar 2013 yilning yakuniga qadar malum qilinadi.

Fikrlar