Inesta: "Futbol - matematika emas, bu yerda har doim omad kelmaydi"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2018, 10:45
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta "Alaves" ustidan qozonilgan irodali g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Bu o'yin mavsumdagi eng qiyinlaridan biri bo'ldi. Futbolda g'alaba deyarli cho'ntagingizda bo'lib ko'rinadi. Biroq raqibimiz juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Shunga qaramasdan 3 ochko oldik.

Futbol - matematika emas, bu yerda doimo omad kelavermaydi. Bazida ko'proq omad keladi, bazida bunday emas. Biroq biz o'z imkoniyatimizga ega bo'ldik. Qaytish oson bo'lmadi, ammo buni amalga oshirdik" - deydi Inesta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es