Inesta faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin
15 may 2018 02:02
Yangiliklar


Inesta faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin
“Barselona” sardori Andres Inesta faoliyatini Qatar klublarining birida davom ettirishga yaqin turibdi.
Ispaniyalik futbolchi mavsum yakunlanganidan so'ng Kataloniya klubini tark etadi. Qatarning etakchi jamoalaridan biri futbolchiga rasmiy taklif bilan murojaat qilishga ham ulgurdi.
Nomi oshkor qilinmayotgan klub Inestaga moliyaviy tomondan anchagina yaxshi taklif bilan chiqqan. Qatarning Al Sharq nashri xabariga ko'ra bu klub “Al-Sadd” bo'lishi ham mumkin. Aynan shu klub tarkibida Inestaning sobiq jamoadoshi Xavi o'ynayapti.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar