Inesta: "Ehtimol, bu mening CHempionlar ligasidagi so'nggi o'yinim bo'ldi"
11 apr 2018 12:02
Yangiliklar
Inesta: "Ehtimol, bu mening CHempionlar ligasidagi so'nggi o'yinim bo'ldi"
"Barselona" sardori Andres Inesta ECHL chorak final javob uchrashuvida "Roma"dan uchralgan mag'lubiyat (0:3)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu mag'lubiyatni qabul qilish qiyin. Bu haqiqatdan yiroqqa o'xshaydi. Bizda yaxshigina ustunlik bor edi, lekin biz musobaqadan chiqib ketdik. CHunki, Rimda juda yomon o'ynadik. CHempionlar ligasi bunday holatni jazolaydi.
Ehtimol, bu mening CHempionlar ligasidagi so'nggi o'yinim bo'ldi. Hozir butun jamoa va hammamiz uchun og'ir vaziyat. Bu musobaqani yutishni juda ham istagan edik, lekin yana bir bor omadsizlikka uchradik", - dedi Inesta.
O’xshash yangiliklar
00:45
Evropa ligasi. Turk klublari uchun g'alabasiz tun, "Lion"da yirik g'alaba va boshqa natijalar 0
Fikrlar