So’nggi yangiliklar

19:39"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар билан танишинг  4 19:21Паудо Дибала жорий мавсумдаги саккизинчи жароҳатини олди  1 19:15Корея К2-лигаси. "Сеонгнам" сафарда камбэк қайд этди, Икром Алибоев эса...  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" — "Андижон" 0:1 (Матнли трансляция)  18 19:00ҚПЛ. Йўлдошев ва "Қайрат" "Женис" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:51Суперлига. "Сўғдиёна" — "Навбаҳор" 0:1 (матнли трансляция)  30 18:22"Сўғдиёна" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  4 18:18"Нефтчи" — "Андижон". Таркиблар маълум  6 17:44Неймар "Ал Ҳилол"нинг чемпионлигидан сўнг мухлисларга мурожаат қилди  10 17:19ПРЕВЬЮ. Бабаян бу сафар Бошковични мағлуб эта оладими?  14 17:12Анчелотти 2022 йил "Реал" чемпионлик парадидаги тамаки ва кўзойнак билан тушган суратини такрорлади  10 16:34"Хольштайн" ўз тарихида илк бор Бундеслигада иштирок этади  8 16:01Кроос "Реал"да яна бир йил қоладими?  1 15:37Бортида Отабек Шукуров бўлган самолётни чақмоқ урди  4 15:15"Барселона" ёзда Роберт Левандовски билан хайрлашадими?  3

Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekistonning nega ko'p gol urib, darvozasidan to'p o'tkazmasligini bilib oldim. Men bu jamoaga yutqazmaganman" Yangiliklar

Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekistonning nega ko'p gol urib, darvozasidan to'p o'tkazmasligini bilib oldim. Men bu jamoaga yutqazmaganman"

Indoneziya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHi Tae Yong O'zbekistonga qarshi kechadigan yarim final bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Guruh bosqichidagi 3ta uchrashuvning ikkitasida g'alaba qozondik. Menimcha A guruhi eng qiyin guruh bo'lgandi, ammo biz guruhdan keyingi bosqichga yo'l oldik. Koreyaga qarshi kechgan chorak final bahsi esa juda qiyin kechdi. 120 daqiqa va penaltilar seriyasi. Raqiblar haqida gapiradigan bo'lsam, O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvini stadiondan kuzatdim va ertangi raqibimizning o'yini juda tartibli deya olaman. O'zbekistoning har bir chizig'ida balans bor. Ertaga ikki jamoa uchun ham oson uchrashuv bo'lmasligi aniq.

Vitay Sulayman

- O'yin haqida

- Ertaga biz qiyin uchrashuv oldida turibmiz. Raqibimiz juda kuchli. O'zbekiston terma jamoasining barcha futbolchilari juda kuchli.

- Indoneziya terma jamoasi so'ngi bor 68 yil avval olimpiya o'yinlarida ishtirok etgandi. Bu safar esa biz yana olimpiadaga borishga yaqin turibmiz. Ertangi muhim uchrashuv oldidan bosimni engay olayapsizmlarmi?

- Men Indoneziya jamoasi olimpiadada ishtirok etganini bilmas ekanman, uzr. Ertaga ushbu natijani yana takrorlashimiz mumkin. Men bosimni his qilmayapman. Biz faqatgina lahzadan maroq olishimiz va eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishimiz kerak.

Vitay Sulayman

- Ertaga O'zbekiston terma jamoasi uchun qanchalik muammo to'g'dirishlaringiz mumkin? 

- O'zbekiston kuchli terma jamoa ekanligiga hech kim shubha qilmaydi, ammo biz ham o'z maqsadimiz va erishmoqchi bo'lgan natijamiz bor. Indoneziya xalq uchun ertaga borimizni beramiz. 

- Indoneziya terma jamoasi raqibdan ko'ra bir kun ko'proq dam oldi. Bu sizlarga qo'shimcha ustunlik beradimi? 

- Tiklanish bo'yicha biroz ustunligimiz bor deb o'ylayman. Lekin o'zbekistonlik futbolchilarning jismoniy holati ham ajoyib ekanligini o'tgan uchrashuvda guvoh bo'ldim.

- O'zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada yuz foizlik natija qayd etib kelmoqda. Ertaga raqiblar darvozasiga gol ura olasizlarmi?

- O'zbekiston Saudiya Arabistoni uchrashuvini stadiondan tomosha qildim va ishonch bilan ayta olamanki. Bu raqib juda sifatli o'yin namoyish etishmoqda, ayniqsa to'pning harakatlanishi juda tez.  SHu sababdan ular ko'p gol urishmoqda va hali darvozasidan gol o'tkazib yuborishgani yo'q. Yarim final oson bo'lmasligi aniq, ammo biz yaxshi formadamiz va o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik.

- O'tgan yili 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgandingiz. Indoneziya O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan. O'sha tarkibdagi bir nechta futbolchilar hozir O'zbekiston olimpiya terma jamoasida o'ynashmoqda. Siz ularni yaxshi taniysiz va ularni yana bir marotaba tahlil qilib chiqdingizmi?

- O'zbekiston va Indoneziya terma jamoalari o'rtasida ko'p o'xshashliklar bor deb o'ylayman. Ikki terma jamoalar ham so'ngi vaqtlarda katta o'sishga o'sishga erishmoqda. Men O'zbekiston terma jamoasiga qarshi hali yutqazmaganman, biroq bu jamoaga qarshi xotiralar mavjud.



Reyting: -40   

Fikrlar

+7   
28 apr 17:11:55
barselona7
Ўзбекистон бу мусобақада асосий фаворитлардан бири эди бошида ҳам. Иншааллох Индонезияни ҳам финалда қайта жамоа чиқса уни ҳам ютиб чемпионат ғолибига айланамиз. Бу мураббийнинг гапига келсак ҳеч қандай нотабиийлик ёки катта гапириш йўқ. Одатий профессионализм. Нима десин эртага биз майдонга мағлуб бўлиш учун тушамиз десинми? У шунчаки ўз ишини қиляпти. Мураббий сифатида Ўзбекистонга мағлуб бўлмаганман деганига қараганда олдин Ўзбекистонга қарши ўйнамагандир унинг жамоалари.
+6   
28 apr 16:53:12
кун Тун
Эртага у́йиндан кейин кидириб колайлик каерда колди экан деб
+4   
28 apr 20:07:00
Мирзохон
Бахтийор Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу Бабаянни эсдан чиқарибман. Раҳмат!
Эрон билан келишиб бизни ЖЧ дан маҳрум қилган туллак шу мараз бўлади, ИншаАллаҳ эртага йигитлар бундан қасдимизни олиб беришади. Олға Ўзбекистон!
+3   
28 apr 20:05:50
Иқболжон Ўринов
Бугун эрон тайландни йирик хисобда ютгандек биз ҳам бемалол ютамиз Индонезиядан қўрқсак уят Кореяни ютган бўлса бир киши кўп бўлиб ютди
+3   
28 apr 17:31:08
Odilbek77
Bu murabbiy Oʻzbekistonni kuchliroq ekanligini yaxshi biladi, shu sabab ruhiy bosim qilyapti.
+2   
28 apr 20:45:55
erkak bolsang chida
Индонезия ни менсимай уйнаб булмайди. Айникса кизил олмаслик керак. Биринчи булимда галаба килиб олиш керак. Иккинчи булим керак булса Яна кушимча кучлардан фойдаланиш керак. Тезкор гол керак
+2   
28 apr 17:04:54
Tishim og'riyapdi
Lekin tan olish kerak oddiy jamoani oddiy indoneziyani yarim finalga obchiqish xammagayammas bu murabbiy odiy murabbiy emas
+1   
28 apr 20:00:02
Мирзохон
Бахтийор Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Бабаян эсимда йўғу. Лекин Қосимов ва Ҳадаровга рақиблик қилмаган. Савол - жавобларига қараганда Кападзе қарши ўйнаган. Адашмасам ўша ўйин 0 : 0 бўлган. Агар баъзи бир саволларни айланиб ўтганини ҳисобга олмаса. Саволларга профессионал таризда жавоб берган!
2018 йил ЖЧ саралаш босқичида ЖКорея ТЖ бош мураббийи эди.
05.09.2018 йўқ Бунёдкор стадиони
Ўзб-Ж. Корея 0-0
Мураббий Самвел Бабаян
+1   
28 apr 19:18:08
Tinchliksevar
Tishim og'riyapdi foydalanuvchining fikriga javob berish
Lekin tan olish kerak oddiy jamoani oddiy indoneziyani yarim finalga obchiqish xammagayammas bu murabbiy odiy murabbiy emas
Kapadze ham yahshi murabbiy izlanuchchan taktikalr ustida ishlaydigan murabbiy o‘yinda ko‘rinadi endi buyog‘i In Shaa Alloh yutamiz bu musobaqani
+1   
28 apr 17:07:46
mirzabekkkkkkkkkkkkkkm
Xudo xoxlasa 5 : 0 ga yutqazasan ishonaver bizni daraja xozir boshqacha Dars beradi Uzbekistan sizlarga kerak bo'lsa 3 o'rinni xam ololmaysizlar Ertaging shu yerda tugaydi Biz finaldamiz Inshaolloh
+1   
28 apr 16:54:12
ahrorbek 
Сауди мурабий хам шунака катта гапирган эди , эртага бу Корея мурабийни биринчи маглубияти болади шармандали. Йигитларга ишонамиз эртага камида 3 гол уради. Узбекистон чемпионат.
+1   
28 apr 16:53:31
VodiySoft
Ko'ryapmiz intervyudan oldin balandparvoz gap aytgan murabbiylarning ahvolini... Jo'jani o'yindan keyin sanaymiz mister murabbbiy. xD
   
29 apr 07:01:58
Bexruz Jumayev
Davay yigitla sila murabbiyini gaplariga uchmayla faqat faqat g'alaba uchun maydonga chiqishlarimz kerak biz silaga ishonamiz
   
29 apr 01:31:17
Jonny
Deyarli har bir savolga berilgan javobida Uzb jamoasining kuchliligini eslab otibti. Hamma bilib turibti biz kuchli ekanligimizni. Buni amalda isbotlashimiz qoldi holos. Alloh yuzlarini yorug qisin.
   
28 apr 21:49:52
Salah Muhammad
Нима деса десин рухий устунлик биз томонда Худо хохласа эртага буни таблода ҳам кўриш насиб этсин
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика