Indoneziya chempionatidagi uchrashuvdan keyin 130 ga yaqin kishi tartibsizliklar tufayli vafot etdi
02 okt 2022 08:55
Yangiliklar
Indoneziya chempionatidagi uchrashuvdan keyin 130 ga yaqin kishi tartibsizliklar tufayli vafot etdi
Indoneziya yuqori divizioni 11-turida ko'ngilsiz hodisa yuz berdi.
“Arema” o'z maydonida “Persebaya”ni qabul qilib, 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Huquq-tartibot idoralari xabariga ko'ra, mag'lub bo'lgan jamoa muxlislari tribunadan maydonga chiqib ketgan. Policiya esa ularni tinchlantirish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan va bu oqibatda ishqibozlar orasida tiqilinch hamda bo'g'ilish holatlarini yuzaga keltirgan.
Dastlabki malumotlarga ko'ra, tartibsizliklar natijasida 129 kishi halok bo'lgan va 180 nafari turli darajada jarohat olgan.
Qayd etilishicha, yuz bergan hodisa tufayli mamlakatda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgan.
Fikrlar