So’nggi yangiliklar

20:57ПРО-Лига. "Қўқон-1912" мавсумдаги еттинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  4 20:39Расман: Марко Ройс МЛС жамоасига ўтди  1 20:30Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" – "Пахтакор" 0:0 (матнли трансляция)  12 20:27Суперлига. "Металлург" - "Нефтчи" 0:0  0 20:15Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:0 (матнли трансляция)  3 20:00Суперлига. Охирги ўриндаги "Металлург" "Нефтчи" билан дуранг ўйнади  26 19:55"Кетсанг-чи, энди. Барибир сени майдонга туширмаймиз"  6 18:59Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" – "Пахтакор": Асосий таркиблар маълум   3 18:31Қизиқ факт. "Бунёдкор" Ўзбекистон кубоги доирасида 2009 йилдан буён "Пахтакор"га мағлуб бўлмаяпти   3 18:05Майкл Оуэн: "Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"га муносиб мураббий эмас. Клуб у билан тўртликка киришдан умид қилмасин"  9 17:09"Арсенал" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олади  1 16:36"Рома" Пауло Дибала "Ал Қодисия"га кетишига тайёр   3 16:00БУМ! АПЛда келишилган ўйин?  5 15:41"Олимпик"да бош мураббий ўзгарди  6 15:22"Барселона" форварди "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1

Incheondan yozamiz. 15-kun kundaligi. “Paxtakor” uchib ketdi, Boyqo'ziev va men ... Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 15-kun kundaligi. “Paxtakor” uchib ketdi, Boyqo'ziev va men ...

Yana bir necha kundan so'ng musobaqadagi yurishim ham o'z yakuniga etadi. Hozir sizlarga aytmay turay, yana bir kichik sovg'am bor.
Qanday sovg'a deysizmi? Bu haqda 8 oktyabr kuni bilasiz. U nima ekan deb ichingiz qiziyotgan bo'lsa kerak, nima ham bo'lardi, futboldan boshqa. Istaymizmi-yo'qmi, bu o'zimizning futbol. Anzirat buvi aytganidek, “o'zimizning o'g'ri”!

Kecha 11:00da “Paxtakor” futbolchilari Incheon – Olma Ota – Toshkent yo'nalishi bo'yicha Toshkentga uchib ketishdi. Bugun esa Namanganga uchadilar. Ertaga ularni “Navbahor”ga qarshi o'yin kutib turibdi. O'z navbatida “Navbahor” muxlislaridan Baxtiyor Ashurmatovga ortiqcha bosim o'tkazavermasliklarini so'ragan bo'lardim. Necha yil deganda mana endi tuzuk stadionga ega bo'ldingiz, baza yaxshilandi, pul topildi. Keling kelishaylik, Ashurmatovga 2 yil imkon beramiz. Men murabbiy bilan Incheonda ancha suhbatlashdim. Endi bor etiborini jamoani shakllantirishga qaratishga vada berdi. Yana ancha gaplar bo'ldi, agar shu ishni Ashurmatov amalga oshiradigan bo'lsa, o'zbek futbolida tub burilish yasaladi. Men ularga yordam berishimni aytdim. Ammo bu loyihaga yana kamida oliy ligadan 6-7ta jamoa qo'shilishi kerak. SHunda qolganlarning boshi berk ko'chaga kiradi, futbolimizda halollik paydo bo'ladi. Yana biz futboldan nafas olamiz, hozir esa xuddiki zaharli moddadan himoyalanib maska taqib yurgan kishiga o'xshaymiz. Men bir narsaga ishonaman, hamma narsaning ham chegarasi bo'ladi. Futbol bu tarzda qolib ketmaydi.



Boyqo'zievga uch ochko keltirgan zarba. Qoringa beriladigan zarba 1 ochko keltirsa, oyoq uchlari bilan raqib shlemiga teginsangiz uch ochko ishlaysiz

Lekin bir narsani aytsam ishonmaysiz. O'zbekistonda 40dan ortiq federaciya bor deng, tashkilotchilik, moddiy texnika baza va shunga o'xshagan holatlarlardan kelib chiqib eng yaxshisi ekan. Ammo natija ularda yaxshiroq. Menimcha, boshqa sport turlarida futbol kabi katta pul aylanmayotganiga, sportchilar keyingi musobaqada ham daromad ko'rish uchun o'z ustilarida yaxshi ishlaydilar. Futbolda esa bir mavsumda bitta mashina  bor. Bu eng saviyasiz o'yinchining daromadi. O'rtachalari uy olishi mumkin, “doda”lari esa uy va mashinani oldiga dala hovli qurishadi. To'g'ri, hammaning nasibasi, ammo ishlash ham kerak.

Lekin Incheonga kelgan tarkibning ko'zi yonib turgandi. Mag'lubiyatga uchrab ortga qaytayotganimizda, Fozil yoshlarni rosa urishdi.
-   Mana endi 2ta hujumdan 3ta gol o'tkazib yuraverlaring oliy ligada, o'rtamiyonalarga qarshi o'ynab.
Musaevning bu gapida katta mano bor edi. U va u kabi futbolchilarga rosmana alam qildi. Balki bazi yoshlar tushunmagandirlar. Bu yoshdagi futbolchilar uchun bu so'nggi yirik musobaqa edi. Ha, mayli. Bo'lar ish bo'ldi deb o'zimizni ovutamiz.

Kecha bir kishi maqolani yozib shoshibsiz-da, yana 5 nafar futbolchi hozirgina yo'lga chiqib ketdi”, - deb, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” futbolchilarini aeroportga ketganini aytdi. Ko'p o'tmadi, o'tgan bo'lsa 3 soat. Haligi futbolchilar, qanday ketgan bo'lsa, shunday qaytib kelishdi. Mabodo, aeroportga chipta xarid qilgan 5 nafar yo'lovchi kelmay qolsa, ular uchishlari mumkin edi. Ammo har bir chipta g'animat bo'lib turgan paytda, bu fantastika edi. Ulardan tashqari tennischilarimiz ham ikki marotaba shunday tarzda ortga qaytdilar. “Paxtakor” futbolchilari allaqachon Namanganga etib borgan bir paytda, biznikilar 1 oktyabr kuni  Tokio orqali Toshkentga uchadigan bo'ldilar.



Taekvondo federaciyasi bosh kotibi va Osiyo taekvondo ittifoqi ijroi qo'mita azosi Abbosxon Latipov Boyqo'zievni olqishlayapti

Kundalikni avtobusda yozish allaqachon odatimga aylanib bo'ldi. Texnika asrida yashayotganimiz shu erda qo'l keladi. 2 soat ichida bir kun avval ko'rganlaringizni vordga tushirasiz. Telefonimdan internet tarqatib, pochtadan Narzullaga tashlayman. Avval Xoliqov bir ko'z yugurtirib chiqadi. Bir maqola ustida 3 nafar xodim ish olib boradi. Stiv Jobs bir gap aytgan, “Dunyoni dizayn, yani did boshqaradi”. SHuning uchun u o'z “olma”larini o'ta yuqori did bilan yaratgan. Maqolalarga zeb beradigan bu rasmlar. Avvallari o'zimni ko'p koyirdim. Rasmlarim o'xshamasa, buni ko'proq tajribasizlikka yo'yardim. Sakkiz yil bo'libdiki, tajriba oshmasa. Xayriyat adashgan ekanman, ayb apparatda ekan. Bu erda faqat internetda tomosha qiladigan texnikalarimni ishlatyaman. Men musobaqa tugayotganidan emas, shu apparatlardan ayrilishimni o'ylab biroz xafa bo'lyapman. Zo'r apparatda mazza qilib rasmga olasan, “sochniy” kadrlar jonning rohati.  

Bir kun avval Anvar akam bilan kelishib oldik, men taekvandoga, ustoz yunon-rum kurashiga boradigan bo'ldilar. Bu erda engil atletikada, Leonid Andreev 10 kurash musobaqasida qatnashayotgan edi. Bir kunga atletikani qurbon qildik. Taekvando sport shaharchasidan chamasi 2 soatlik yo'l uzoqlikda joylashgan. Yo'lni tekisligini inobatga olgan holda bu erdagi ikki soat, Toshkentdan Jizzaxga borish bilan teng. Avtobusga SHavkat aka bilan chiqqanimizda, bizdan boshqa hech kim yo'q edi. 14:50da yo'lga tushishimiz lozim, aniq vaqt asosida yo'lga chiqdik.  1-2 km. yurdikmi, yo'q, to'g'rimda ikkita policiya motocikli va bitta mashina yo'l ochib ketar edi. Men atrofga qaradim, biron bir MOQ rahbarlaridan biri musobaqaga ketyaptimikin deb. 5 km. yurganimizdan keyin bilsam, bu uch yo'l ochib ketuvchi, men va SHavkat aka uchun ekan, sal qoldi “yulduz ushlavolishimizga”.



Ikki nafar jurnalist uchun motocikl va mashina...

Natijada manzilga ancha erta etib bordik. Jasur Boyqo'ziev dayanga (gilam) chiqishga tayyorgarlik ko'ryapti. Pastga tushib rasm olishga ruxsat berishmadi. Boisi u erga maxsus bog'ich bilan tushish lozim. Media bo'lim rahbariga, hozir mening hamyurtim jangga kirishishi va finalda ikkita o'ringa egalik qilishimizni aytganimda, uzr so'ragan holda, faqat finalga bog'ich bera olishini aytdi. Boisi, sportning bu turiga bo'lgan etibor Koreyada juda yuqori. Katta-katta tashkilotlardan kelgan fotomuxbirlar, chigirtkadek bog'ichlarni talab ketgan ekanlar. Yuqorida ham foto poziciya bo'lib, yaxshi rasmlar olsa bo'ladi. Unda pastga tushib nima qilasiz deyayotganlar uchun aytib o'tay, taqdirlash marosimini tepadan olish biroz noqulay.

Aslida qura Jasur uchun noqulay tushgan edi. U birinchi bosqichdayoq ikki karra jahon chempioni va olimpiada o'yinlari sovrindori eronlik Yusuf Karami bilan tushdi. Undan o'tgach, biz Boyqo'zievni chempionligini bashorat qildik. Yarim finalda koreyalik taekvandochi dog'da qoldirildi. Undan avval Iordaniya vakili ¼ finalda yutqazdi. Bu erda Nikita Rafalovich ham finalga etib keldi.



Oliy toifadagi o'zbekistonlik hakam Dmitriy Kim

4ta vazn toifasida final o'yinlari boshlandi. Dastlabki ikkitasida qizlar bahs olib borishdi. Qizlar o'rtasida – 53 kg. vaznda jang qilgan Xuan Yun Veng (Taypei) va Yun Eongeon o'rtasidagi bahsni o'zbekistonlik hakam, Dmitriy Kim boshqardi. Agar shu narsa futbolda bo'lganida bormi, yillab gapirar edik. Aslida bu erlarda ham qahramonlarimiz ko'p ekan.

Xullas birinchi finalchimiz Nikita chiqib keldi. Zalda qarsaklar, taekvandochilarimiz davlatimiz bayrog'i ostida vakillarimizni olqishlashdi. Kecha MOQ menga ham ekipirovka bergani haqida aytib o'tgan edim. Ilk marotaba O'zbekiston bayrog'i tushirilgan sport formasini kiyishim edi. Boshqacha bo'lar ekan. Buni faqat o'z boshidan o'tkazgan kishi biladi. Faoliyatimning asosiy qismini futbolga bag'ishlaganman. Ko'plab final va yarim final o'yinlarida ishtirok etdim. SHunda bizni mag'lubiyatga uchratayotgan yurt jurnalistlari o'zlarini g'ozdek tutishlarini ko'rsam jig'ibiyronim chiqardi. Nega, nega shu g'alaba bizniki emas? Kecha esa O'ZB yozuvi tushirilgan kepkani faxr bilan kiyib, taekvando zalining eng ko'zga ko'rimli joyida o'tirdim. Oldimda taekvando rivojlangan Tailand, Koreya, KXDR va Yaponiyadan kelgan o'nlab fotomuxbirlar menga qarashar, bor-ku, mana senlarga deb yuborging kelar ekan. Sababi bor-da, ikkita erkaklar bahsining, ikkitasida ham finaldamiz. Nikita biroz ojizlik qilib mag'lubiyatga uchradi. Aslida farq katta bo'lmadi. Hisob 4:4 bo'lib turgan edi. bahs yakuniga etishiga 2 soniya qolganida, eronlik raqibining zarbasini o'tkazib yuborib g'alabani boy berib qo'ydi. Ko'p o'tmay arenaga Jasur kirib keldi.

Yodingizda bo'lsa, terma jamoamiz sardoridan “Olamsport.com” uchun intervyu olgandim. Buni qarangki, u finalga qadar etib keldi. Raqibini juda osonlik bilan mag'lubiyatga uchratdi. Endi arenada meni gerdayib yurishimni ko'rsangiz edi. Qoq markazga borib o'tirdim. Tepada Vatanimiz bayrog'i katta qilib osib qo'yilgan, pastdan turib muxlislarimizga uning tepasiga kelib turishlarini aytdim. Oldimdagi fotomuxbirlar soni 40dan oshib ketgan. Hammasi menga qaraydi. Boshqacha bo'lar ekan. Ayniqsa madhiya sadosi ostida bayrog'ing ko'tarilsa. Eh devordim, futbolchilarimizga mana shu kun qachon nasib etar ekan.



Etlarni jimirlatib yuboruvchi madhiyamiz sadosi ostida, taekvondochilarimiz madhiyamizni kuylayaptilar

Yuqsin, yuqsin qilib Jasur bilan esdalik uchun suratga tushdik. Bu erdagi missiyamiz yakuniga etgan edi. Afsuski, kurashda ishimiz o'xshamadi, “kumush” bo'lib qoldi. Sport shaharchasiga kelganimda taekvando federaciyasi bosh kotibi Abbosxon Latipov birinchi kundagi medallar uchun taekvandochilarga qimmatbaho sovg'alarni tantanali tarzda topshirdi. Jusur va Nikita g'alabalarini ustozlari Aleksandr Kimning 1 oktyabr bayramiga bag'ishladilar.

SHu tariqa kun ham o'z yakuniga etdi. Bazan bir gapni qaytalab yozib yuborayotganim uchun uzr so'rayman. Bu erda gap u yoqda tursin, kunni esdan chiqarib yuboryapmiz. Omon bo'ling!

Nodirxo'ja Yuldashev.
30 sentyabr. Janubiy Koreya, Incheon.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика