So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  10 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Incheondan yozamiz. 13-kun kundaligi. Futbolchilar bor, futbolchilar Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 13-kun kundaligi. Futbolchilar bor, futbolchilar

Bu kun deyarli ish yo'q edi. Kurashchilarimiz finalga chiqa olmaganliklari uchun, kechqurunga boksni rejalagandim.
Keling avval, kecha yozib o'tganimdek, “Paxtakor”ni mana shu erda professionalligi bilinib qolinganini takidlab o'tsam. Aslida bu professionallik emas, shunchaki oddiy ish. Ammo boshqa klublarimizni bunday yo'l tutmaganligi menii ajablantirdi.



Gap shundaki, terma jamoamiz delegaciyasi ortga qaytish chiptalari 3 oktyabrga olingan edi. Sababi, hech kim terma jamoamizni erta ortga qaytishini kutmagan. CHiptalar bilan O'FFning o'zi shug'ullangan. Ular o'z majburiyatlarini bajarib bo'lganlar. Futbolchilarga topilsa, 1 oktyabr kuni ortga qaytadilar, topilmasa yana ikki kun kutadilar. Juda  ko'plab sportchilar aynan shu kunlarga ortga chipta olganliklari uchun O'FF bironta chipta topa olmayapti. Aksiga olib Qirg'iziston va Tojikiston delegaciyasi ham Incheonga Toshkent  orqali uchib kelishgan. Xullas odam ko'p, reys kam. Bunaqa bo'lishi avvaldan malum edi. Endi men o'zimning erkin fikrimni bildirsam. Bunga “Paxtakor” tomonidan qilingan ish sabab bo'ldi. “Paxtakor” 3 oktyabrni kutib o'tirmasdan, o'z futbolchilariga Incheon – Olma Ota – Toshkent yo'nalishi bo'ylab 7ta chipta xarid qildi, gap tamom - vassalom, ish pishdi.  SHunga shunchami deyishga shoshilmang. Endi qarang! Musobaqa yakuniga etganidan keyin tashkilotchilar uchun siz endi ortiqchasiz. Sizga na maydon beradi mashg'ulot uchun, na yugurish yo'lakchasini. Istasangiz sport shaharchasida yashayvering, istasangiz keting. O'yin 26 sentyabr kuni bo'lib o'tdi. 3 oktyabrgacha yana 7 kun bor. Uchishga bir kun vaqt ketdi deng va bir kun dam olish uchun vaqt jami 9 kun. 9 kun futbolchi mashg'ulotsiz qolib ketyapti. Osiyo o'yinlarida maydonga tushmagan futbolchilarni esa musobaqada futbolsiz o'tkazgan kunlarini hisoblasangiz, bir oydan oshadi. Bu, bu yoshdagi futbolchi uchun juda katta minus. Nahot shunga klublar jiddiy qaramasa. “Lokomotiv”-ku mayli, zaxirasida o'yinchisi ko'p, bu erdagilarga ehtiyoj sezmasa. Lekin shunday deymizku, Fozil Musaev bilan Islom To'xtaxo'jaev “Loko” uchun ortiqchalik qilmaydi. “Bunyodkor”-chi? “Bunyodkor”ga Sardor Rashidovning tezroq etib kelishi kerak emasmi? O'zi shundoq ham asosiy raqibini qochirib yuborgan bo'lsa. Menimcha “Nasaf”ga Eldor Suyunov kerak. Mayli o'yin amaliyotini yo'qotmadi deymiz, lekin yana bir “NO”si bor! Sportchilardan biri olimpiya shaharchasiga  oltin, yana bir  kumush medal olib kelayotgan bir paytda, bu ularga ruhiy zarba bo'lishini o'ylab ham ko'rmaganlar. Bu aniq. “Qizilqum” Navro'z Alimovga tezroq kelishini aytayapti, Navro'z nima velosipedga o'tirib yo'lga chiqsinmi? O'zi oliy ligada “to'rtta”gina o'yin bo'lsa, mavsumda kuchga kirgan yigitlar, bu erda kun sanash bilan ovora. Mana bu bizning Professional ligamizning professinonal klublari. Ha, aytganday, futbolchilarni nima qiladi ular, natijaga ularsiz ham erishilyapti-ku. Oling quda, bering quda. Bir maslahatim bor, PFL xodimlarini aslida Incheonga olib kelib, komissar qanday ishlash kerakligini ko'rsatishimiz kerak edi.



Kechagi kunda menga alam qilgani Tailandning ½ finalga chiqqani bo'ldi. Iordaniyani 2:0 hisobida yutgan Tailand terma jamoasi endi Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida taslim qilgan Iroqqa qarshi maydonga chiqadi. Bitta yaxshilab avtobus qo'ysa, final kutib turibdi. Bu erda avvaldan bashorat qilinganidek, Janubiy Koreya yarim finalda. Ularning raqibi SHimoliy Koreya. O'yinmisan, o'yin bo'lsa kerak.



Tushlikka yaqin gandbolchilarimiz 5-o'ringa chiqish uchun hindistonliklarga qarshi bahs olib bordilar. Qiyinchiliksiz g'alaba qozonildi. SHundan keyin MOQ vakillari bilan kurashga ketdik, hech bo'lmasa bronza uchun bahsni ko'ramiz deb. Ammo chuchvarani hom sanabmiz.  Bizni doimiy ravishda ortda qoldirib kelayotgan Janubiy Koreyada aslida futbol emas, beysbol birinchi raqamli sport turi ekanligiga shahsan amin bo'ldim. Kurashga ketaverishda 5 km. yo'l yurdikmi yoki yo'q, final o'yini bo'layotgan stadion atrofida minglab mashinalar katta tirbandlikni keltirib chiqargan edi. Manzilga etib borishimiz uchun, mashinamizga qanot kerak bo'lardi. Eng yaqin burilishdan boksga yo'l olishni rejaladik, yaqin burilish ham 30 daqiqa vaqtni oldi. Bir amallab boksga etib borganimizda Hasanboy Do'stmatov uchinchi raundini o'tkazayotgan edi. Ulgurganimcha rasmga tushirdim. Bitta jang o'tib Dostonbek Turdiev Saudiya Arabiston vakili Hadodi Yahyoga qarshi ringga chiqdi. Aksiga olib jang bor-yo'g'i bir raunddan sal ortiq davom etdi. Hamyurtimiz ikkinchi raundning ilk daqiqasidayoq raqibini texnik nokautga uchratdi. O'zi boshidanoq saudiyalik bokschining texnikasini ko'rib hayratlangandim. Qo'l xuddi suzuvchilarnikiga o'xshab u erdan bu erga borib keladi.



28 sentyabr. Janubiy Koreya, Incheon
Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика