Incheon 2014. Rashid Qurbonov Osiyo o'yinlari chempioni!
29 sen 2014 15:56
Yangiliklar

Incheon 2014. Rashid Qurbonov Osiyo o'yinlari chempioni!
Hozirgina Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o'yinlarining erkin kurash musobaqasi 74 kg. vazn toifasidagi final bahsi yakunlandi.
Unda hamyurtimiz Rashid Qurbonov oltin medal uchun bahsda eronlik Izzatullo Akbarizarinkolai bilan hisob-kitob qildi.
Bu erda tajriba baribir o'z so'zini aytdi. Raqibidan besh yoshga kattaroq bo'lgan Qurbonov 3:1 hisobida zafar quchib, terma jamoamizga beshinchi oltin medalni taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, Rashid Qurbonov finalgacha bo'lgan yo'lda hindistonlik Yadav Panchamni 3:1, turkmanistonlik Ramazan Qambarovni 4:0, yaponiyalik kurashchi Daysuke SHimadani 3:1 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqqandi.

Fikrlar