So’nggi yangiliklar

07:55Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  1 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  33 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  46 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  9 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  24 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  8

Ilyos Zeytullaev: "Bunday duranglar mag'lubiyatdek hissiyot uyg'otadi. Hali hech nimaga erishmadik" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bunday duranglar mag'lubiyatdek hissiyot uyg'otadi. Hali hech nimaga erishmadik"

O'zbekiston Superligasi 22-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (1:1) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Faqatgina bir narsa deya olaman. Bunday duranglarda xuddi mag'lub bo'lgandek hissiyot uyg'otadi. Bugun biz jang olib bordik. O'yin so'ngiga qadar bardosh bera olmadik, afsuski. Yigitlarning qilgan mehnati va ishtiyoqiga achindim. Raqibimiz kuchli va musobaqa jadvalining etakchi o'rinlarida bormoqda. Biz ikkinchi davrada bir jamoa sifatida yaxshi shakllanganimizni isbotlay oldik", - deydi Ilyos Zeytullaev.


- Ikkinchi davrada jamoangiz juda ishonchli o'yin namoyish etmoqda. Bugungi uchrashuvda ham kuchli raqibga qarshi jiddiy qarshilik ko'rsatildi. Bugungi uchrashuvga baho berib o'tsangiz?

- Birinchi navbatda raqib jamoa haqida biroz to'xtalib o'tmoqchiman. "So'g'diyona" ajoyib murabbiyga ega. "So'g'diyona" himoyaga chuqurroq yotib, qanot himoyachilarini ancha balandga chiqaradi. Zoteev kabi tajribali o'yinchilar buni ajoyib tarzda uddalashmoqda. SHu sababli, bizning himoya chizig'imiz bugun 10-15 metr masofa ortga yurishga majbur bo'ldi. SHu sababli, ayrim bir zonalarda kamchilik bo'lib qoladi, lekin bu jihatdan unumli foydalanishimiz kerak. Tarkibimizdagi futbolchilar bo'sh zonalardan yaxshi foydalana olishadi. Biz so'nggi vaqtlarda o'zimizning kuchli tomonlarimizni yanada yaxshilashga intilmoqdamiz. Zamonaviy futboldagi "moda"ga taqlid qilishdan foyda yo'q. Musobaqa jadvali va futbolchilarimizning xarakteristikasi bizni bunga majbur qilmoqda. Barcha yigitlar yaxshi o'ynashmoqda va men ulardan roziman.

- Bugun futbolchilaringizning o'yiniga 10 ballik tizimdan necha baho qo'ygan bo'lardingiz?

- Men murabbiy bo'lganim sababli, bosh murabbiy sifatida baholay olaman. Men ularga 7-7,5 ball bergan bo'lardim. Kurashuvchanlik va ishtiyoq meni xursand qilmoqda. O'yin sifati va taktikani har doim yaxshilash kerak, lekin shunga qaramay men futbolchilarimdan ko'nglim to'ldi.

- Luis Kachchori ikkinchi davra avvalida gol ura olmayotgandi, biroq so'nggi uchta uchrashuvda hujumchi maydonni golsiz tark etmayapti. Uning o'yiniga baho berib o'tsangiz?

- Bu jamoadagi sog'lom muhit ko'rsatkichi degan bo'lardim. Luis uchta o'yindan buyon maydonga tushmoqda va gol uryapti. Demak, biz zaxiradagi futbolchilarga ishonch bildirsak bo'ladi. Men ham futbolchi bo'lganman va ayta olamanki, zaxiradan o'yinga qo'shilish oson emas. Ruhiy jihatdan ham. Etibor bersangiz, futbolchilar gollarni juda emocional nishonlashmoqda. Bu butun jamoadagi ahillik belgisi. Biz hali hech nimaga erishmadik. Oldinda qiyin uchrashuvlar ko'p. O'zimizni xotirjam tutishimiz kerak. Ligada qolish uchun maksimal harakat qilamiz va ushbu vazifani bajarmaganimizga qadar bo'shashishga haqqimiz yo'q.

- "Bunyodkor" bugun ham yutqazmadi va "Lokomotiv" bilan bo'lgan farq 5 ochkoga etdi. Nima deb o'ylaysiz "qaldirg'ochlar"ni ligada qolishi uchun ochkolardan tashqari yana qaysi faktorlar kerak? Masalan, kurashuvchanlik ruhi yoki kuchli intizom. Jamoangizdagi qaysi jihatlar tufayli klub ligada jon saqlab qolishi kerak?

- O'yinlar kam qolganida, oson to'qnashuvlar qolmaydi. Ko'pchilik, bularning taqvimi oson deydi, lekin bunday emas. Men kecha "Qizilqum" va "Paxtakor" o'yinini tomosha qildim. Jon saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoada ishtiyoq va motivaciya kuchliroq bo'ladi. Kimdir ustimdan kulishi mumkin, ammo bizning taqvim juda qiyin. CHempionatning so'nggi turlaridagi uchrashuvlar eng qiyini. Bunday qiyin holatlardan jamoaviy jipslik yordamida chiqib ketish mumkin. Umid qilamanki, biz barchasini uddalay olamiz.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика