Ilyos Zeytullaev: "Biz to'g'ri yo'ldamiz"
29 mar 02:25
Yangiliklar


Ilyos Zeytullaev: "Biz to'g'ri yo'ldamiz"
- O'yin qiziqarli o'tdi. Birinchi bo'limning ilk daqiqalarini intensiv va agressiv boshladik. Bir qancha vaziyatlar yaratdik. "Surxon"ning tartibli jamoa ekanligi va yaxshi futbolchilardan tashkil topganini inobatga olib, futbolchilarimdan himoyada tartibli bo'lishlarini so'radim. O'yin qiziq o'tdi, stadionga kelgan muxlislar bu o'yindan zavq olishdi. "Surxon"ga kelgusi o'yinlarda omad tilayman, juda qiziq va yaxshi jamoa.
- "Bunyodkor" mavsumni yaxshi boshladi. Jamoa yuqori o'rinlarga kurashish uchun barqaror bo'lishi kerak. "Bunyodkor" mavsum oxirigacha barqarorlikni ushlab tura oladimi?
- Qo'l ostimda yaxshi tarkib yig'ilgan. Barcha bir-biriga yordam beradi, jamoadoshlari uchun kurashadi. Bizda shunday jamoa qurilyaptiki, istalgan futbolchi masuliyatni bo'yniga olishi mumkin. Bunday futbolchilar bizda ko'p. Odil Hamrobekov, Boburbek Yo'ldoshev, Timurxo'ja Abduxoliqov kabi futbolchilar istalgan jamoalarga kerak bo'ladi va ular jamoani ortidan etaklay oladi. Biz ham shunday ritmni ushlab qolishni istaymiz. Lekin futbolda qiyinchiliklar doimo bo'lib turadi. Agarda kollektiv yaxshi bo'lsa, istalgan qiyinchilikni engib o'tish mumkin. Biz to'g'ri yo'ldamiz. Keyinchalik og'ir paytlardan ham chiqib keta olishimiz kerak. Shunda barcha bir yoqadan bosh chiqarishi kerak bo'ladi.
- Sir bo'lmasa, ushbu o'yinga tayyorlanish chog'ida raqibning qaysi jihatlariga alohida etibor berdingiz va o'yiningizda nimani asosiy o'ringa olib chiqdingiz? Ikkinchi savolim: mashhur jurnalist Tolibjon Qosimov 1-turda "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin "Bunyodkor"ning o'yinidan zavq olganini yozishdi. Dastlabki 3 turdan keyin jamoangiz 7 ochko to'pladi. Shundan kelib chiqqan holda jamoangizning hech bo'lmasa kuchli beshlik uchun kurasha oladigan bo'la olishi mumkinmi?
- "Surxon"ga qarshi o'yinga adaptiv tarzda tayyorlandik. Bilardik, agarda "Surxon"ga bo'sh hududlar taqdim qilinsa, mobil hujumchilari vaziyatdan foydalanib ketishlari va bizga muammolar yaratishlari mumkin. Shu sababli bu yo'nalishda intensiv ishladik. O'z navbatida yigitlar ham vazifani bajarishdi. To'pni olib qo'yish orqali ularga tashabbusni bermadik. To'p bizga tushganda esa tarkibimizda to'p bilan yaxshi o'ynaydigan sifatli futbolchilarimiz brak qilishmadi. Biz shu narsani asosiy planga olib chiqdik va yigitlar bugun buni uddalashdi. Ikkinchi savolga o'tsak, biz juda kichkina qadamlar tashlayapmiz. "Bunyodkor"ning shonli tarixi o'tmishda qolgan. Hozir jamoaning tarkibi juda yosh, shunday bo'lsa-da, asos qo'yilgan. Rahbariyatga minnatdorlik bildiraman, ular asosiy, yoshlar jamoalarining rivoji uchun jiddiy mehnat qilishmoqda. Bunday narsalar doimo his qilib turiladi, barcha bir yo'lda mehnat qilmoqda. Bu shunchaki bir yoki bir necha insonning emas, butun bir "Bunyodkor" tashkilotining harakati hisoblanadi. Murabbiy sifatida bu meni quvontirmoqda. Keyingi o'yinimiz "Buxoro"ga qarshi bo'ladi va bu juda qiyin o'tadi. Kamtarlik bilan shu yo'lda davom etishimiz kerak.
- Dastlabki 3 turda Siz o'yinni legionerlar atrofida qurayotganingiz ko'rinmoqda. Zaxirada esa asosan mahalliy futbolchilar o'tiribdi. Qo'l ostingizda ikkita bir xil tarkib bor deb hisoblaysizmi?
- Kiyim almashtirish xonasida yigitlarga ham shuni aytdim. Qachonki tarkib tanlayotganda murabbiyga qiyin bo'ladi. So'nggi haftalar mobaynida futbolchilarim yuqori darajada mehnat qilishdi. Bugun zaxirada qolib ketgan futbolchilarim ham istalgan paytda yuqori sifatli o'yin ko'rsata oladi. Yigitlar ham jamoa ichida raqobatni oshirish kerakligini bilishadi va istalgan paytda maydonga tushishga tayyor bo'lishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar