So’nggi yangiliklar

22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  4 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  43 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  10 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0

Ilya Ilin: “Dastlabki o'yindagi vazifamizni bajardik” Yangiliklar

Ilya Ilin: “Dastlabki o'yindagi vazifamizni bajardik”

Mamlakat kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan “Navbahor” va “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi dastlabki uchrashuvdan keyin qo'qonliklar azosi Ilya Ilinning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik:

- Bugungi o'yin teng kurashlar ostida kechdi. Xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirish borasida gap ketganida, bu borada namanganliklarga ko'proq imkoniyat bo'ldi. SHunday bo'lsada, omadimiz chopib g'alaba qozondik. Yutuqda, darvozabonimizning hissasi katta bo'lganligini alohida etirof etgan bo'lardim. Uchrashuvdan oldin murabbiyimiz aytgan barcha rejalarni 85-90 foiz darajada amalga oshira oldik deb o'ylayman.

Umuman olganda o'yinga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Maydonda ikkinchi raqamli jamoa sifatida to'p surgan bo'lsakda, oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik. Boshha uchrashuvlardagi kabi Namanganga ham g'alabani ko'zlagan holda kelgandik. Kubok musobaqasining ushbu bosqichidan g'olib nomi ikki o'yin natijasiga qarab aniqlanadi. Dastlabki uchrashuvdagi asosiy vazifamiz raqib darvozasiga hech bo'lmaganda bir bor ishg'ol qilish bilan bir qatorda darvozamiz daxlsizligini taminlashdan iborat edi. Kubokda uzoqroqqa borib, muxlislarimizni xursand qilishni maqsad qilganmiz. Har bir g'alabadan keyin esa ishonchimiz ortib bormoqda. G'alabalar orqali bir-birimizni ruhimizni ko'tarib, yaxshi natijalar sari intilmoqdamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика