Ilkay Gyundogan o'z orzular jamoasini tuzdi
16 may 2020 10:20
Yangiliklar


Ilkay Gyundogan o'z orzular jamoasini tuzdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Sport Bild nashri uchun o'z ramziy jamoasini taqdim etdi.
Darvozabon: Klaudio Taffarel («Atletiko Mineyro» sobiq o'yinchisi);
Himoyachilar: Dani Alves («San-Paulu»), Alessandro Nesta, Paolo Maldini (ikkisi ham - «Milan» sobiq o'yinchilari), Filipp Lam («Bavariya» sobiq o'yinchisi);
Yarim himoyachilar: Xavi («Barselona» sobiq o'yinchisi), Zinedin Zidan («Real» sobiq o'yinchisi), Kaka («Milan» sobiq o'yinchisi);
Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Ronaldino («Barselona» sobiq o'yinchisi).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar