Ilichich "Atalanta" bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytiradi
05 noy 2021 18:20
Yangiliklar
Ilichich "Atalanta" bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytiradi
"Atalanta" hujumchisi Yosip Ilichich klub bilan shartnomasini uzaytiradi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, bergamoliklar 33 yoshli sloveniyalik bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.
Klub endi Robin Gozens, Xans Xatebur va Remo Froyler bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlaydi.
Ilichich "Atalanta"da 2017 yilning iyulidan beri o'ynaydi. Forvard 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar