Ilhom Yunusov, Samandar SHodmonov va Vyacheslav SHevchenko "Qizilqum"ga o'tishi mumkin
30 dek 2015 09:00
Yangiliklar
Ilhom Yunusov, Samandar SHodmonov va Vyacheslav SHevchenko "Qizilqum"ga o'tishi mumkin
Navoiyning "Qizilqum" klubi yangi yil uchun o'z tarkibini kuchaytirishni boshlab yubordi.
Bu borada klub ukrainalik hujumchi Vyacheslav SHevchenko, yarim himoyachilar Ilhom Yunusov va Samandar SHodmonov bilan muzokara olib bormoqda.
SHevchenko 2015 yil yozigacha shu klubda o'ynab ikkinchi davra boshida "Qizilqum"ni tark etgandi. O'tgan yilni Navoiy klubida o'tkazgan Samandar SHodmonov bu yil "SHo'rtan"da o'ynadi. Ilhom Yunusov esa mavsumni "Nasaf"da boshlab "Dinamo"da tugatdi.
Fikrlar